Chekka hududlarda “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi tashkil qilindi
Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Xususiy bandlik agentliklari va Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida Qiziltepa tumanida “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.
Unda ishtirokchilarga bir qator xorijiy kompaniyalardagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot berilib, ishlash istagida boʻlgan fuqarolarning tegishli hujjatlari qabul qilindi.
- Shuningdek, tadbirda fuqarolarga xorijda qonuniy va xavfsiz mehnat faoliyatini olib borish boʻyicha muhim tavsiya va yoʻl-yoʻriqlar berildi, — deydi Migratsiya agentligining Navoiy hududiy filiali rahbari Ismat Boltayev. — Shuningdek, tomonlarning huquq va majburiyatlarida eʼtibortalab jihatlar, talab etiladigan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. Albatta, malakali mutaxassislar ustuvorlikka ega boʻlishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Navoiy viloyati bugungi kunda xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 7 ta yirik xalqaro loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bu kabi mehant yarmarkasi viloyatning Karmana tumanida ham oʻtkazildi.
Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring