Changli sharoitda quyosh panellarining samaradorligini qanday saqlab qolish mumkin?
Changli sharoitda quyosh panellarining samaradorligini qanday saqlab qolish mumkinligi haqida Energetika vazirligi matbuot xizmatiga bir necha savollar kelib tushgan.
Vazirlik matbuot xizmati ushbu savollarga javob berdi.
Xabarda qayd etilishicha, avvalo, quyosh panellarini tozalash, bu — ularning samaradorligini (foydali ish koeffitsiyentini) saqlab qolish va nur oʻtkazish qobiliyatini oshirishning muhim shartidir.
Texnik shartlarga koʻra, 1 ta quyosh panelining modulini tozalash uchun 0,6 litr suv ishlatilishi kerak.
Quyosh panellarini tozalash quyosh fotoelektr stansiyasi (QFES) joylashgan hududning changlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi va bu chastotada katta farq qilishi mumkin.
Demak, Samarqand QFESda panellarni yiliga 2-marta tozalash yetarli boʻlsa, Navoiy QFESda esa oyiga 2-marta bunday tozalash ishlari olib borilishi zarur boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring