All

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’an 29 aprel kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi

Prezidentimizning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’an 29 aprel kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.

11:02 26 Aprel 2018
Bir martalik umumdavlat aktsiyasi e’lon qilindi

Mamlakatimizda xalq va yurt kelajagini o’ylab olib borilayotgan izchil siyosat aholining barcha qatlami manfaatlarini ifoda etmoqda.

10:20 26 Aprel 2018
26 aprel — “Amir Temur” ordeni ta’sis etilgan kun. U bilan kimlar mukofotlanadi?

“Amir Temur” ordeni mamlakatimizda sohibqiron siymosiga ko’rsatilayotgan chuqur hurmat va e’tibor ifodasidir.

10:13 26 Aprel 2018
“III Evroosiyo xalqaro kitob ko’rgazma yarmarkasi” – dunyo javohirlari ummonining namoyishi

Qozog’iston Respublikasi Ostona shahridagi “Korme” ko’rgazmalar markazida 25 aprel kuni “III Evroosiyo xalqaro kitob ko’rgazma yarmarkasi”ning tantanali ochilish marosimi bo’ldi. 

22:19 25 Aprel 2018
Rejissor Shuhrat Abbosov olamdan o‘tdi

Taniqli rejissor Shuhrat Abbosov 87 yoshida olamdan o‘tdi.

19:17 25 Aprel 2018
Toshkentda “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” I xalqaro sanoat ko’rgazmasi boshlandi

Poytaxtimizda “Expo Rossiya Uzbekistan — 2018” birinchi xalqaro sanoat ko’rgazmasi ish boshladi. Mazkur tadbir O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Rossiyaning “Zarubej-Expo” ochiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ikki davlatning tegishli vazirlik va idoralari ko’magida o’tkazilmoqda.

18:54 25 Aprel 2018
AQSh Federal qidiruv byurosi O’zbekiston Bosh prokuraturasida mashg’ulot o’tkazdi

Amerika Qo’shma Shtatlari Federal qidiruv byurosining to’rt nafar maxsus agenti va portlovchi moddalar bo’yicha mutaxassisi Bosh prokuraturaning Toshkentdagi Oliy o’quv kurslarida portlashdan so’nggi tergov amaliyotlari bo’yicha bir haftalik trening o’tkazdi. 

18:39 25 Aprel 2018
Pokistonda terrorchilik harakati: Qurbonlar ko’p

Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida 15 kishi hayotdan ko’z yumdi. Ularning olti nafara politsiya xodimlaridir. 

18:35 25 Aprel 2018
BMT Bosh kotibi Suriyadagi qarama-qarshilikni tartibga solishda yangi yo’llarni qidirishga chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo hamjamiyatini Suriyadagi qarama-qarshilikni tartibga solishda yangi yo’llarni qidirishga chaqirdi. Bu haqda u Bryussel shahrida Suriya Arab Respublikasi bo’yicha ikkinchi donorlik anjumani ishtirokchilariga qilgan videomurojaatida aytib o’tdi.

18:35 25 Aprel 2018
Kuchli ijtimoiy himoya samarasi odamlar hayotida yaqqol namoyon bo’layapti

Bugun poytaxtimizda O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O’zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferentsiya o’tkazilmoqda.

18:24 25 Aprel 2018
“Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo’lga olindi

22 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Sarkisyan ushlandi. U ayblanuvchi Ya.M.ga go’yoki mansabdor shaxsga pora berganlik uchun javobgarlikka tortilmasligini aytib, 200 ming AQSh dollari olgan.

17:33 25 Aprel 2018
28 aprel kuni Toshkentda 30 metrlik lavash tayyorlanadi

Poytaxtimizdagi “Evos” kafelari tizimi 30 metr uzunlikdagi lavash tayyorlab, bundan oldin o’rnatilgan 17 metrlik o’z rekordini yangilamoqchi.

17:25 25 Aprel 2018
O’zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyaga jo’nab ketdi

27 aprel — 3 may kunlari Indoneziyada mamlakat futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganining 88 yilligiga bag’ishlangan “PSSI 2018 – Yubiley kubogi” o’tkaziladi. 

17:16 25 Aprel 2018
Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keladi

28-29 aprel kunlari Milliy olimpiya qo’mitasi prezidenti, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov taklifiga binoan Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayh Ahmad al-Fahad al-Sabax boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo’ladi.

17:05 25 Aprel 2018
“Gazprom” va “O’zbekneftegaz” “Shoxpaxta” koni bo’yicha hamkorlik muddatini 2024 yilga qadar uzaytirdi

“Gazprom” va “O’zbekneftegaz” o’zaro hamkorlik muddatini uzaytirdi. Bu haqda “Gazprom” boshqaruvi raisi o’rinbosari Vitaliy Markelov ma’lum qildi. Bundan tashqari, “Jel” konini mahsulotini bo’lishib olish shartlari asosida o’zlashtirish bo’yicha muzokaralar davom etmoqda.

16:57 25 Aprel 2018
O’zbekiston mudofaa vaziri XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o’rinbosari bilan uchrashdi

O’zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Pekinda XXR Markaziy harbiy kengashi raisi o’rinbosari Chjan Yusya bilan uchrashdi. 

16:25 25 Aprel 2018
Farhod GESi O’zbekistonga nima beradi?

Tojikiston parlamenti quyi palatasi spikeri Shukurjon Zuhurov Tojikiston va O’zbekiston o’rtasida Farhod GESi muammosi hal etilganiga muhim strategik qadam deya baho berdi. 

16:06 25 Aprel 2018
Navbahordagi oilaviy korxona o’z mahsulotlarini Afg’onistonga eksport qiladi

Navbahor tumanidagi “Dovut ota kelajagi” oilaviy korxonasi jamoasi Afg’oniston mamlakatidan buyurtma olib, shu asosda mahsulot tayyorlamoqda.

15:58 25 Aprel 2018
Buxoroning sho’rlangan yerlaridan yuqori hosil olishning yo’li topildi

Buxoro viloyatining sho’rlangan tuproq sharoitida yuqori hosil olish ancha mushkul. Ammo gidroponika usulidagi issiqxonalarni ko’paytirish orqali hosildorlikni oshirish, ekologik toza mahsulotlar etishtirish mumkin. Buxoro shahrida bo’lib o’tgan O’zbekiston — Turkiya  I issiqxona biznes-forumida shular xususida tajriba almashildi.

15:51 25 Aprel 2018
General-polkovnik Rustam Ahmedov desantchilarning jangovar tayyorgarligi bilan tanishdi

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri maslahatchisi, nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov Toshkent harbiy okrugidagi umumqo’shin dala o’quv maydonida desantchilarning jangovar tayyorgarlik mashg’ulotlari bilan yaqindan tanishdi. 

12:37 25 Aprel 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер