Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’an 29 aprel kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi

Prezidentimizning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog’an 29 aprel kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Bu haqda O’zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov o’zining "Facebook" ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida ma’lum qildi.
30 aprel kuni Ko’ksaroyda bo’lib o’tadigan muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. 1 may kuni Turkiya Prezidentining Buxoroni ziyorat qilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring