All

Toshkentda “Rossiya va Oʻzbekistonning tarixiy–madaniy aloqalari va hozirgi davrda gumanitar hamkorlikning istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.Putinning 2018 yil oktyabr oyidagi tashrifi davomida yana bir muhim voqea Oʻzbekiston – Rossiya taʼlim forumi tashkil etildi. Ushbu forum ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim tizimidagi oʻzaro strategik hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga koʻtarish maydoniga aylandi, deyish mumkin.

15:27 26 Oktyabr 2018
Innovatsion yoʻnalishdagi milliy tanlovi gʻoliblariga 20 million soʻmgacha grant mablagʻlari taqdim etildi

Kecha Toshkent shahrida Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda hakamlar hayʼati tomonidan eng yuqori baholangan jami 15 nafar yakka va jamoaviy ishtirokchiga 20 million soʻmgacha grant mablagʻlari sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

15:17 26 Oktyabr 2018
Prezident Toshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishi qurilishini koʻzdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 9 fevral kuni Yunusobod tumanida boʻlib, metropoliten qurilishi bilan tanishgan edi.

15:10 26 Oktyabr 2018
Maktab oʻquvchilarini olib ketayotgan avtobus suvga gʻarq boʻldi

Iordaniyaning Oʻlik dengizi tumanida maktab oʻquvchilarini olib ketayotgan avtobus yoʻlda surunkali yomgʻirlar tufayli kelib chiqqan kuchli suv oqimi ostida qolib ketdi. Oqibatda avtobusdagilarning 17 nafari hayotdan koʻz yumdi, 20dan ortigʻi jarohatlandi.

14:40 26 Oktyabr 2018
Chustda odamlar ommaviy zaharlanishi kuzatildi

Namangan viloyati Chust tumanida fuqarolar ommaviy zaharlanish natijasida tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

14:18 26 Oktyabr 2018
DXX tomonidan xalqaro terroristik tashkilotlar aʼzolari ushlandi va Oʻzbekistonga qaytarildi

Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan chet el maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid soluvchi va ayni paytda Suriya davlatida faoliyat yuritayotgan “Kotibatul Imom-al Buxoriy” va “Kotibatul Tavhid va Jihod” xalqaro terroristik tashkilotlarning rahbarlari va masʼul shaxslari boʻlgan bir...

13:48 26 Oktyabr 2018
Guliston shahridagi “Doʻstlik” kanalining suvi nega toʻxtatildi?

Guliston shahridan oqib oʻtuvchi, oʻzani Oʻzbekistondagi “Farhod” gidroelektrostansiyasi hududidan boshlanib Qozogʻiston Respublikasida tugaydigan “Doʻstlik” kanalidan suv uzatish vaqtincha toʻxtatildi. Sababi mazkur irrigatsiya tarmogʻining Sirdaryo viloyati markazidagi qismini betonlashtirish ishlarining navbatdagi bosqichiga kirishildi.

13:46 26 Oktyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev: “Toshkent hamma sohalarda namuna boʻlishi kerak”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda.

13:41 26 Oktyabr 2018
“Shavkat Mirziyoyev beqiyos yetakchi sifatida nafaqat mintaqada, balki butun dunyoda katta obroʻ-eʼtibor qozondi”

Toshkentda tashki etilgan AQSH biznes haftaligi, uning doirasidagi tadbirlar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik koʻlamini yanada kengaytirishda muhim oʻrin tutadi. Mazkur haftalikka Amerika ommaviy axborot vositalari ham alohida eʼtibor qaratdi.

12:43 26 Oktyabr 2018
Tadbirkorlar pasportlari tuzilmoqda

Prezidentimizning 2018 yil 26 iyundagi qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun asos boʻladigan koʻzdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq toʻlovchilar pasportlashtirilishi belgilangan.

12:36 26 Oktyabr 2018
Oʻzbekistonda Umraga boruvchi ziyoratchilar soni boʻyicha kvota bekor qilindi

Bundan buyon Umra ziyoratiga borish uchun navbatda turib kvota olish kerak boʻlmaydi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi.

12:02 26 Oktyabr 2018
Endi tabiblar litsenziya asosida faoliyat yuritadi

Koʻpchilik yurtdoshlarimiz xastaligiga davo topish ilinjida bir marotaba boʻlsa-da, tabibga murojaat qilishi bor gap. Chunki kimyoviy usulda tayyorlangan dori-darmonlardan koʻra, turli tabiiy giyoh va damlamalar asosida shifo topishni afzal biladiganlar xalqimiz orasida juda koʻp.

11:46 26 Oktyabr 2018
UzCardʼga raqobatchi boʻladigan milliy chakana toʻlov tizimiga nom tanlandi

Aholi fikriga asoslangan toʻlov tizimining brendini yaratish maqsadida joriy yilning 24 sentyabr kuni Markaziy bank yangi tashkil etilayotgan toʻlov tizimining nomini aniqlash boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

10:46 26 Oktyabr 2018
Bolalarini faqat Coca-cola va pirog berib boqqan ota qamaldi

Fransiyalik erkak farzandlariga faqat pirog va Coca-cola berib, boqqani uchun uch oyga qamaldi.

10:30 26 Oktyabr 2018
Eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi

Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, yangi bozorlarni oʻzlashtirish va byudjetga tushumni koʻpaytirish meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun qay darajada qulay shart-sharoit yaratilgani bilan chambarchas bogʻliq.

10:24 26 Oktyabr 2018
GM Uzbekistan darhol olib ketish uchun 398 dona avtomobil taklif qilmoqda

24 oktyabr holatiga GM Uzbekistan AJ rasmiy dilerlari tomonidan “45 daqiqada avtomobil!” dasturi boʻyicha xaridorlarga 398 dona avtomobil taklif qilinmoqda.

10:21 26 Oktyabr 2018
Oʻzbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

09:59 26 Oktyabr 2018
Rossiyalik sayyohlarning eng koʻpi Yangi yilni Oʻzbekistonda kutib olishmoqchi

Yangi yil bayrami ham tobora yaqinlashyapti. Quvonarlisi, mazkur ezgu tilaklar ayyomini oʻz uyida emas, aynan Oʻzbekistonda nishonlashni istayotgan xorijliklar soni ham tobora koʻpayib bormoqda.

19:03 25 Oktyabr 2018
Uch kun ishlamagan UzCard davlatga va jamiyatga qancha zarar yetkazdi?

Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari Moʻbin Mirzayev ilk bor Yagona umumrespublika protsessing markazi(UzCard) ishida uch kun davomida roʻy bergan nosozliklar oqibatida davlat va fuqarolarga yetkazilgan zarar haqida gapirib oʻtdi.

19:01 25 Oktyabr 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер