All

25 darajalik iliq havodan keyin birdaniga qalin qor yogʻdi

Quyoshli Ispaniyada Selsiy boʻyicha 25 daraja iliq havodan soʻng birdaniga qor yogʻdi.

15:04 30 Oktyabr 2018
Oʻzbekistonda yangi turdagi benzin ishlab chiqaruvchi korxona quriladi

2022 yil oxirida Janubiy Koreyaning GS Engineering & Construction Corporation kompaniyasi Oʻzbekistonda metanoldan benzin ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.

14:59 30 Oktyabr 2018
Dunyo tan olgan yana bir nufuzli xorij universiteti Toshkentda oʻz filialini ochmoqchi

Janubiy Koreyaning Adju universiteti Toshkentda oʻz filialini ochishni rejalashtiryapti. Bu haqida mazkur taʼlim muassasasi vakillarining Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.

14:14 30 Oktyabr 2018
Chortoqda avtobus YTHga uchradi

Shu yil 29 oktyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi B.M. boshqaruvida boʻlgan “Isuzi” rusumli avtobusini “Namangan-Chortoq” yoʻlining 38-km.da haydab ketayotib, avtobus old chap tomon ressori sinib ketishi natijasida boshqaruvni eplay olmay yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib, avtobus yonboshlab qolgan.

13:33 30 Oktyabr 2018
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga aʼzo boʻlish shartmi?

Maʼlumki, yaqinda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimiz hayotining turli sohalariga daxldor dolzarb bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqilgan edi.

13:19 30 Oktyabr 2018
Oʻzbekistonga 6 mamlakatdan robotlar “tashrif buyurdi”

Maʼlumki, yaqinda “Oʻzekspomarkaz” majmuasida xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida “InnoWeek-2018” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi boʻlib oʻtdi.

12:58 30 Oktyabr 2018
Oʻzbekistonda zarar koʻrayotgan korxonalarga fransuz kompaniyasi yordam bermoqchi

Fransiyaning taniqli Alandia Industries kompaniyasi Oʻzbekistonga zarar koʻrib ishlayotgan yoki kam daromad topayotgan korxonalar faoliyatini tiklash boʻyicha yordam taklif qildi. U muammoli kompaniyalarni xarid qilish yoki ularning boshqaruvini qoʻlga olish boʻyicha maslahatchi boʻlishga tayyor ekanligini bildirdi.

12:39 30 Oktyabr 2018
Rishtonda ikki kishi is gazidan zaharlanib halok boʻldi

28 oktyabr kuni Fargʻona viloyati Rishton tumani Yoyilma qishlogʻi Toʻlqin koʻchasida yashovchi 2002 yilda tugʻilgan fuqaro hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan Qoʻrgʻoncha qishlogʻida yashovchi 1986 yil tugʻilgan fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etishgan.

12:23 30 Oktyabr 2018
1295 kishi maʼmuriy javobgarlikdan ozod etildi

Fuqarolar tomonidan davlat soliq xizmati organlariga oʻzining va jamoatchilikning haq-huquqlarini himoya qilish yuzasidan yoʻllayotgan murojaatlari joylarda yoʻl qoʻyilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

12:02 30 Oktyabr 2018
Futbol boʻyicha sobiq chempion klub egasi halok boʻldi

Angliyaning “Kings Pauer” stadioni yaqinida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida uning bortida boʻlgan besh kishi, jumladan, Angliya premyer-ligasida ishtirok etadigan “Lester” futbol klubi egasi Vishay Shrivaddanaprabxa ham halok boʻldi.

11:41 30 Oktyabr 2018
Olimlar olovdan ham, suvdan ham “qoʻrqmaydigan” yogʻoch yaratishdi

Yogʻoch — dunyodagi eng ommabop qurilish materiallaridan biridir. U ekologik toza va qayta tiklanadigan resurs hisoblanadi. Olimlar oxirgi yillarda uning xususiyatlarini oʻzgartirishga erishayotgani esa hayratlanarlidir. Masalan, bundan bir necha yil oldin Stokholmda oyna va deraza uchun plastik sifatida foydalanish mumkin...

11:25 30 Oktyabr 2018
Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan YTH natijasida 3 kishi halok boʻldi

Joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 21:30da Shumanay tumani hududidan oʻtuvchi A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yoʻlining 817-km.da harakatlanib ketayotgan “Cobalt” rusumli avtomobil boshqaruvini yoʻqotib oʻng tarafiga agʻdarilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

11:16 30 Oktyabr 2018
Ravon Rossiyaga avtomobillar yetkazishni boshladi. Narxlar keskin koʻtarilishi mumkin

Oʻzbekistonning xorij bozori uchun brendi sanalgan Ravon avtomobillari Rossiyaning Ufa shahridagi avtosalonlariga yetkazib berildi, ammo ularning narxi hali aniq boʻlmagani sababli hozircha avtomobillar xaridorlarga taklif qilinmayapti, deb yozmoqda “Rossiyskaya gazeta”.

11:01 30 Oktyabr 2018
Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasidagi nazorat inspektorlari ham moddiy ragʻbatlantiriladi

Hukumat qarori bilan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish kiritildi.

10:44 30 Oktyabr 2018
Rossiyaning eng yangi radioelektron kurash kompleksiga “Samarqand” nomi berildi

Rossiyada hozirning oʻzida 13 ta “Samarqand-U”, “Samarqand SU-PRD-K2”, “Samarqand PU-PRD-D” RKK tayyorlandi. Ular Arxangelsk, Kaliningrad, Moskva, Murmansk, Nijegorod viloyatlari, Krasnodar, Primorye oʻlkalari, Yevrey avtonom viloyati va Belarusda ishga tushiriladi.

10:27 30 Oktyabr 2018
Oʻzbekiston Qozogʻiston va Moʻgʻilistonga tamaki eksport qilishni boshladi

Oʻzbekiston Qozogʻiston va Moʻgʻilistonga tamaki eksport qilishni boshladi.

10:11 30 Oktyabr 2018
Chetdan dunyoviylik va diniylik niqobida oʻtkazilayotgan maʼnaviyatsizlikka taqlid qilmaymiz!

Yaqin va Oʻrta Sharqning koʻp hollarda inkvizitsiyaga xos jazolovchi funksiyalarga ega harbiylashgan silsila va ordenlar hisoblangan sufiy oqimlari va maktablaridan farqli oʻlaroq, Markaziy Osiyodagi islomda tasavvuf, birinchi navbatda, ezgulik va bagʻrikenglikka asoslangan.

09:47 30 Oktyabr 2018
Oʻzbek avtomobillari nima uchun Qozogʻistonda muvaffaqiyat qozonmoqda?

Qozogʻiston avtomobil sanoati korxonalar uyushmasi direktorlar kengashi raisi Oleg Alferov oʻzbek avtomobillari qanday qilib ushbu mamlakatda muvaffaqiyat qozonayotgani haqida gapirib berdi, deb yozadi “Sputnik” manbasi.

18:58 29 Oktyabr 2018
Oʻzbekiston va Ukraina toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston va Ukraina toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

18:52 29 Oktyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev Jair Messias Bolsonaroni qutladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 oktyabr kuni Jair Messias Bolsonaroni Braziliya Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan qutladi.

18:48 29 Oktyabr 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер