Chortoqda avtobus YTHga uchradi

Shu yil 29 oktyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi B.M. boshqaruvida boʻlgan “Isuzi” rusumli avtobusini “Namangan-Chortoq” yoʻlining 38-km.da haydab ketayotib, avtobus old chap tomon ressori sinib ketishi natijasida boshqaruvni eplay olmay yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urilib, avtobus yonboshlab qolgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada avtobus yoʻlovchilaridan biri nafari jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va yana ikki nafariga kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatilib, uylariga javob berilgan.
Avtobusning qolgan 12 nafar yoʻlovchilari voqea joyida shifokorlar tomonidan nazorat tariqasida tekshirilib, sogʻ-salomatligi tufayli uylariga ruxsat berildi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring