All

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya Prezidenti va xalqiga taʼziya bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning “Lion Air” kompaniyasiga tegishli samolyotning qulashi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur taʼziya bildirdi

12:03 29 Oktyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tabrikladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni 29 oktyabr – Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrikladi.

12:03 29 Oktyabr 2018
Yoʻlovchi samolyoti dengizga qulab tushdi. 189 kishi halok boʻlgan

Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737 yoʻlovchi samolyoti halokatga uchradi.

11:39 29 Oktyabr 2018
Sport maktablarida ovqatlanish autsorsing asosida tashkil etiladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 15 oktyabrdagi buyrugʻi bilan ayrim ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida autsorsing asosida ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom va autsorsing asosida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi.

11:22 29 Oktyabr 2018
Eksklyuziv intervyu: AQSHlik tadqiqotchi Kristofer Fortni oʻzbek tilini oʻrganishga nima majbur qildi?

Choʻlponning oʻziga xos estetik qarashlari, falsafasi meni jalb qildi. 1920 va 1930 yillarda asar yozgan boshqa oʻzbek yozuvchilaridan farqli oʻlaroq Choʻlponning nasriy tili juda shirali.

11:10 29 Oktyabr 2018
Endi tadbirkorlarga eng kam ish haqining 1000 baravarigacha mikrokredit beriladi

Hukumat qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

10:54 29 Oktyabr 2018
Tadbirkorlarga beriladigan mikrokreditlar miqdori keskin oshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

10:48 29 Oktyabr 2018
Toshkentda ortidan militsiya quvayotgan Lacetti yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi halok boʻldi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida, Olmazor va Islom Karimov koʻchalari kesishmasida 28 oktyabrga oʻtar kechasi soat 2:00 atrofida Lacetti avtomobili va HOWO yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.

10:34 29 Oktyabr 2018
Xodimlari Toshkent shahrida doimiy propiska olishi mumkin boʻlgan tashkilotlar soni bittaga koʻpaydi

Davlat veterinariya qoʻmitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi.

10:00 29 Oktyabr 2018
Bahodir Jalolov uchinchi jangida ham muddatidan oldin gʻalaba qozondi

Professional boksning oʻta ogʻir vazn toifasida ringga chiqayotgan Bahodir Jalolov Toshkent vaqti bilan 28 oktyabr kuni tongda oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

09:40 29 Oktyabr 2018
Alisher Saʼdullayev Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining 1- oʻrinbosari etib saylandi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining navbatdagi yigʻilishida Alisher Saʼdullayev raisning birinchi oʻrinbosari etib saylandi.

09:12 29 Oktyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pittsburg shahridagi sinagogada sodir etilgan otishma oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga hamdardlik bildirdi.

20:14 28 Oktyabr 2018
“Jambul“ qachon suvga yolchiydi?

Tahririyatimizga Toshkent viloyati, Qibray tumani “Jambul“ mahallasining bir guruh fuqarolari nomidan ariza kelib tushdi. Unda mahalliy aholi ichimlik suvi tanqisligi muammosidan aziyat chekayotgani qogʻozga tushirilgan.

19:54 28 Oktyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev Milosh Zemanga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 oktyabr - Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun munosabati bilan Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zemanga tabrik yoʻlladi.

19:26 28 Oktyabr 2018
Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan oʻzaro kelishuv hamda “Yoʻl xaritasi” imzolandi

Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISЕF) va Qozogʻiston hukumati tomonidan tashkil etilgan Birlamchi tibbiy va sanitar yordam koʻrsatish boʻyicha global konferensiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

19:24 27 Oktyabr 2018
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi paxta terimida qatnashmoqda

Yurtimiz dehqonu fermerlari bu yilgi tabiat injiqliklariga qaramay, yetishtirilgan paxta hosilini yigʻib olishga astoydil harakat qilishmoqda. Bu muhim sanoat xom ashyosi yogʻin-sochinli kunlarga qoldirilmasdan, sifatli yigʻib-terib olinishi, nafaqat toʻqimachilik va yengil sanoat rivojiga, balki jonajon Oʻzbekistonimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

19:10 27 Oktyabr 2018
Elmurat Tasmurodov sport kurashlari boʻyicha JCHda kumush medalni qoʻlga kiritdi

- 63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Elmurat Tasmurodov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, finalga chiqqandi.

15:46 27 Oktyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Podshohiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyada yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Iordaniya Podshohi Abdulla Ikkinchiga hamdardlik izhor etdi.

15:18 27 Oktyabr 2018
Surxondaryoda Termiz City kompleksi barpo etiladi (foto)

Germaniyaning “Kema” kompaniyasi vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Termiz shahridagi Arch Design Service MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha taklifiga koʻra, Termiz City zamonaviy kompleksini shaharning 40,2 gektar hududida qurilishi rejalashtirilgan.

14:43 27 Oktyabr 2018
Sobiq spiker Dilorom Toshmuhammedova endi senatorlikka saylandi

27 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

14:00 27 Oktyabr 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер