Tadbirkorlarga beriladigan mikrokreditlar miqdori keskin oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” telekanali xabar tarqatdi.
Hujjatga koʻra, mikrokreditlar tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish (kengaytirish), shu jumladan ishlab chiqarishni texnologik jihozlash va modernizatsiya qilish uchun zamonaviy texnologik uskunalar va texnikalar sotib olishga, shuningdek aylanma mablagʻlarni toʻldirishga beriladi.
Mikrokreditlar tadbirkorlikni rivojlantirish (kengaytirish) va aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga (shu jumladan, mikrofirmalar, kichik korxonalarga), dehqon va fermer xoʻjaliklariga 24 oygacha muddat bilan eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi.
Oldin bu miqdor 500 baravarni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring