Bolalarini faqat Coca-cola va pirog berib boqqan ota qamaldi
Fransiyalik erkak farzandlariga faqat pirog va Coca-cola berib, boqqani uchun uch oyga qamaldi. Bu haqida Le Figaro gazetasi xabar berdi.
Alkogolizmdan aziyat chekuvchi bu odam uch va toʻrt yoshli bolalarini yolgʻiz katta qilayotgan edi. Ularning uyida na karavot, na muzlatgich, na oʻyinchoqlar bor edi.
Bunday gʻalati oilaga ijtimoiy xizmatlar eʼtibor qaratgan. Aniqlanishicha, bolalarga ovqat sifatida faqat Coca-cola va pirog berib kelingan. Bunday ratsion oqibatida katta oʻgʻil yettita tishidan ayrilgan.
Hozir bolalar vasiylar qaramogʻida. Otasi esa Limojdagi qamoqxonaga joʻnatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring