Tadbirkorlar pasportlari tuzilmoqda

Prezidentimizning 2018 yil 26 iyundagi qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 oktyabridan boshlab davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun asos boʻladigan koʻzdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq toʻlovchilar pasportlashtirilishi belgilangan.
Shundan kelib chiqib,ayni paytda Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tajriba tariqasida tadbirkorlar pasportlarini tuzish tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bunda soliq organlari xodimlari korxonalarning belgilangan manzilda joylashgani, kompaniya faoliyati turi oʻrganilmoqda. Xodimlar soni koʻrsatilgan hisobot bilan taqqoslanib, hujjatsiz mehnat qilayotgan tadbirkorlar aniqlanmoqda.
Bu haqda Oʻzbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi,Davlat soliq hamda bojxona qoʻmitalari, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda aytib oʻtildi.
Seminarda, shuningdek, Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham maʼlumotlar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring