All

Oʻzbekistonda paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyati tashkil etiladi

“Paxta xomashyosini yetishtirish va qayta ishlash kooperatsiyalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

12:35 23 Iyun 2020
Aqlli bank konsepsiyasi amalda joriy etilmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Aqlli bank” konsepsiyasi ishlab chiqilib, AT “SAVDOGARBANK” hamkorligida joriy qilinmoqda. Mazkur konsepsiyaning ishlab chiqilishidan asosiy maqsad – mijozlarga mustaqil on-layn bank xizmatlarini koʻrsatish markazi faoliyatini tashkil etishdir.

12:31 23 Iyun 2020
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini rivojlantirishda iqtisodiy usullardan foydalaniladi

Bugungi kunda dunyo miqyosida chiqindilar muammosi eng dolzarb ekologik masalalardan biriga aylanib bormoqda. Tahlillar shuni koʻrsatadiki, soʻngi yillarda maishiy va sanoat chiqindilari yildan-yilga koʻpayib boryapti. Ayniqsa, XXI asrda maishiy chiqindilar hajmining oʻsishi ekologik barqarorlikka juda katta salbiy taʼsir koʻrsata boshladi.

11:42 23 Iyun 2020
Soʻrov kimning nomiga yuborilgan boʻlsa, endi javobni ham oʻsha mansabdor shaxs beradimi?

Bugun Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan parlament, deputat va senator soʻroviga javob xati, soʻrov kimning nomiga yuborilgan boʻlsa aynan oʻsha mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi toʻgʻrisidagi majburiy normani joriy qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi qabul qilindi.

11:36 23 Iyun 2020
Haj vazirligi “Haj – 2020” mavsumi yuzasidan oʻz bayonotini eʼlon qildi

Saudiya Arabistoni Podshohligining Haj vazirligi 2020-yil 22-iyun dushanba kuni “Haj – 2020” mavsumi yuzasidan oʻz bayonotini eʼlon qildi. Ushbu Bayonotda:

11:27 23 Iyun 2020
Bugun matbuotda… “Kechirasiz, niqobingiz tozami?”

“Xalq soʻzi” gazetasi bu jarayonni oddiygina ishbilarmon faoliyati misolida ochib berishga harakat qilibdi. Maqola qahramon tilidan bayon etilgan shunday hikoya bilan boshlanadi: “Har kuni tonggi soat 4:00da uyqudan uygʻonaman va oʻzimga-oʻzim savol beraman: kecha ishim qanday boʻldi, sermazmun oʻtdimi, rejalashtirgan...

11:17 23 Iyun 2020
Noshirlik faoliyati uchun endi litsenziya talab etilmaydi

2020-yil 16-martda “Noshirlik va matbaa sohasini yana-da rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga asosan noshirlik faoliyati uchun litsenziya bekor qilingan edi.

11:10 23 Iyun 2020
Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda?

Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda? Bu, ayniqsa, isteʼmol va ipoteka kreditlarida koʻrinmoqda. Bu hol Oʻzbekistonda moliyaviy risklar yuqoriligidan darakmi? Mazkur dolzarb savolga Markaziy bank quyidagicha javob qaytardi:

10:58 23 Iyun 2020
Mingbuloqda 34 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medallar topshirildi

Shu munosabat bilan Mingbuloq tumani hokimligida tashkil etilgan tadbirda  umumtaʼlim maktablarini muvaffaqiyatli tamomlab, oliy oʻquv yurtlari talabalari safidan oʻrin olish uchun astoydil tayyorgarlik koʻrayotgan 11-sinf bitiruvchilarining 70 nafari ishtirok etdi.

10:46 23 Iyun 2020
Oʻzbekiston endi Myanma va Ganaga ham meva-sabzavot eksport qilishi mumkin

Myanma va Gana mamlakatlariga 12 ta mahsulot (gilos, anor, qovun, uzum, limon, oʻrik, olxoʻri, nektarin, xurmo, olma, oʻtkir qalampir, loviya) eksport qilish uchun fitosanitariya ruxsatnomasi olindi. Bu haqda “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi maʼlum qildi.

10:41 23 Iyun 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “auksiondan sotib olmaslikka chaqiriqlar” asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda auksion savdosiga chiqarilgan Renault avtomobilining oʻgʻirlangani va arzon avtomobillarni sotib olmaslikka chaqiriqlar eʼlon qilindi. Ikki holatda ham mulklar auksionga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilgan sud qarorlarini ijro etish maqsadida savdoga qoʻyilganini qayd etish oʻrinli. Oʻgʻirlangan deyilgan avtotransport vositasi sud...

09:57 23 Iyun 2020
Qoraqalpogʻistonliklar pilla yetishtirish rejasini bajardi

Orolboʻyi pillakorlari joriy yil rejadagi 700 tonna oʻrniga 704,3 tonna pilla yetishtirib, bu boradagi rejani bajardi.

09:51 23 Iyun 2020
Yillik reja 104 foizga uddalandi

Toshkent viloyati Piskent tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, hudud pillakorlari dastlabki ikki mavsumda qariyb 1900 quti ipak qurtini zarur agrotexnika qoidalari asosida parvarishlab, "Jinjuz Silk Co" MCHJ bilan tuzgan yillik shartnoma majburiyatlariga koʻra, 128 tonna 993 kg kumush tola...

09:48 23 Iyun 2020
Samarqand koʻchalarida uch kun mobaynida harbiy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi

Samarqand shahrida uch kun mobaynida 23-25-iyun kunlari bir necha bosqichdan iborat harbiy taktik oʻquv mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

09:45 23 Iyun 2020
Nega MTMlar faoliyatida sustkashlik mavjud?

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning xususiy bogʻchalar mudiralari, davlat va xususiy sektor sherikchiligida tashkil etilgan MTMlar rahbar va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazgan yana bir tadbiri tegishli sohadagilar tomonidan hali koʻp vaq eslab yuriladi. Chunki unda bugungi pandemiya sharoitidagi amal qilinishi lozim...

09:42 23 Iyun 2020
Xodimning ish haqidan ushlab qolishga yoʻl qoʻyiladimi?

Xodimning mehnat haqidan ushlab qolish uning yozma roziligi bilan yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.

09:34 23 Iyun 2020
Birjada shakar va paxta yogʻi savdolari boʻyicha holat qanday?

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 15 – 21-iyun kunlari «Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ning barcha savdo platformalariga 4 517,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 305,0 tonnasi, yaʼni 28,9 foizi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 36 ta xaridor ishtirok...

09:31 23 Iyun 2020
Oʻzbek va qirgʻiz xalqlari: doʻstlik koʻprigi mustahkamligining yana bir amaliy ifodasi

Namangan viloyati markazidan 60 kilometr olisda joylashgan Hazratisho qishlogʻi. Ushbu qishloq Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh hudud boʻlib, asosan qirgʻiz millatiga mansub yurtdoshlarimiz istiqomat qiladi.

09:22 23 Iyun 2020
“Bahor” ansamblining badiiy rahbari tayinlandi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Madraximova Ziyoda Ubaydullayevna “Bahor” davlat raqs ansambli badiiy rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

09:19 23 Iyun 2020
Janubiy Koreya COVID-19 ga qarshi kurash dasturi doirasida Oʻzbekistonga yordam ajratadi

Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasida Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Yevropa ishlari byurosi bosh direktori Kim Pil Vu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

09:09 23 Iyun 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер