Birjada shakar va paxta yogʻi savdolari boʻyicha holat qanday?
Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 15 – 21-iyun kunlari «Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi»ning barcha savdo platformalariga 4 517,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 305,0 tonnasi, yaʼni 28,9 foizi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 36 ta xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 9,3 mln soʻmdan 9,2 mln soʻmgacha, yaʼni 1,7 foizga pasaydi. Hafta yakunlariga koʻra 1-navli paxta yogʻining haftalik kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 6,6 foizga pasayib, mahsulotni bir tonnasi uchun 9 mln soʻmni tashkil etdi.
Hafta davomida birja savdolariga 5 349,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 2 677,0 tonnasi, yaʼni 50,0 foizi sotildi. Shu bilan birga, Belarusdan import qilingan shakar ham qoʻshimcha ravishda birja savdolariga qoʻyilmoqda. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 25 ta xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5,7 mln soʻmdan 5,8 mln soʻmgacha, yaʼni 1,7 foizga koʻtarildi. Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan 4,2 foizga oʻsib, mahsulotni bir tonnasi uchun 5,7 mln soʻmni tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring