Yillik reja 104 foizga uddalandi
Toshkent viloyati Piskent tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, hudud pillakorlari dastlabki ikki mavsumda qariyb 1900 quti ipak qurtini zarur agrotexnika qoidalari asosida parvarishlab, "Jinjuz Silk Co" MCHJ bilan tuzgan yillik shartnoma majburiyatlariga koʻra, 128 tonna 993 kg kumush tola yetishtirishdi. Shu tariqa bu boradagi yillik reja 104 foiz uddalandi.
Sanobar Joʻrayevani piskentliklar doimo eʼzozlashadi. Bu bejizga emas. “Mehnat ayoli”-deya, tanilgan Sanobar opa pillachilik sohasida 40 yillik tajribaga ega. U tumanda, kumush tola yetishtirish borasida oʻz ish uslubiga ega boʻlgan maktab yaratoldi. Uning zahmatli mehnatlari muhtaram Prezidentimiz tomonidan eʼtirof etilib, “Qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni va tilla soat esdalik sovgʻasi bilan taqdirlangan.
Uning izdoshlari sanalgan Suyunboy Abdurahmonov, Zavra Mambetova, Sarvinoz Rahmatjonova, Haydarali Ibodullayev, Anora Dadayeva singari pillakorlar pandemiya sharoitida samarali mehnat qilib, mavsumda yuqori natijalarga erishishdi.
Shodiyor MUTAHAROV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring