Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda?
Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda? Bu, ayniqsa, isteʼmol va ipoteka kreditlarida koʻrinmoqda. Bu hol Oʻzbekistonda moliyaviy risklar yuqoriligidan darakmi?
Mazkur dolzarb savolga Markaziy bank quyidagicha javob qaytardi:
— Tijorat banklarining kredit resurslari boʻyicha foiz stavkalari ushbu resurslarning qiymati va kreditga boʻlgan talab darajasi bilan bogʻliq. Bugungi kunda iqtisodiyotda uzoq muddatli resurslar boʻyicha tanqislik mavjud. Shu bilan birga, yillar davomida yigʻilib kelgan kredit chanqoqligi soʻnggi ikki yilda yuzaga chiqdi. Bu oʻz navbatida, foiz stavkalarining oshishiga olib keldi.
Taʼkidlash joizki, yaqinda boʻlib oʻtgan Boshqaruv yigʻilishida kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini maqbul darajasigacha pasaytirish boʻyicha ham alohida makroprudensial mexanizm tasdiqlandi va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha maqbul stavka 21 foiz etib belgilandi.
Albatta, yangi mexanizmni amaliyotga joriy etilishi, inflyatsiya darajasi pasayib borishi va iqtisodiyotda uzoq muddatli pullar koʻpayib borishi milliy valyutadagi resurslar narxlarining arzonlashishiga va kreditlash bozorida foiz stavkalarining pasayishiga olib keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring