All

Tamaddun daryosi hamon oqmoqda ravon. Oʻzbekistonda ilm-fanning yangi Renessans davri boshlanmoqda

— Xalqimizda “Oqqan daryo oqaveradi”, degan nihoyatda hikmatli gap bor, — deydi R. Xolmurodov. — Darhaqiqat, ezgu tutumlar qadriyatga aylanadi, yaxshi fazilatlar qondan-qonga oʻtadi. Jumladan, ilmu ziyo ham suyak suradi. Shu maʼnoda, tamadduniy taraqqiyot ham uzluksizdir. Koʻzga koʻrinmas minglab iplar...

12:46 03 Iyul 2020
Ikkilamchi bozordan kvartira sotib olmoqchiman, dastlabki badalni qoplash uchun subsidiya olsam boʻladimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni sotib olish uchun ajratiladi.

12:37 03 Iyul 2020
Vazir maslahatchisi, taniqli diplomat Mirsobit Ochilov vafot etdi

Ilgari Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasining rahbari bo'lib ishlagan, “Chiqayotgan Quyosh, Oltin va Kumush Yulduz” imperator ordeni sohibi, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining Yaponiya bilan hamkorlik qilish boʻyicha maslahatchisi Mirsobit Ochilov 2020-yil 2-iyulda vafot etdi.

12:31 03 Iyul 2020
Buyuk musavvirning asarlari Oʻzbekistonga qaytariladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq joriy yil 14-16-oktyabr kunlari yurtimizda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 565-yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda Badiiy akademiya matbuot xizmati xabar berdi.

12:23 03 Iyul 2020
IIBning mayor unvonidagi masʼul xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida ham qayd etildi. Xususan, Yangiyoʻl tuman ichki ishlar boʻlimining mayor unvonidagi masʼul xodimi mahalliy fuqaroni “Chinobod neft baza” masʼuliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSH dollari talab qiladi.

11:55 03 Iyul 2020
Arzonning shoʻrvasi tatimasmi? Yoxud oqib tushayotgan nonlar haqida

Ushbu vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari tegishli joyga borishdi. Xabarda bayon etilishicha, fuqaro Rafiqov «Sultonmarketsavdo» tomonidan tarqatilgan «Popdonmahsulot» ning 25 kg. unidan xarid qilgan, ammo pishirilayotgan nonlar tandirdan oqib ketganligidan soʻng, unning sifatsiz...

11:38 03 Iyul 2020
“Buxorcha” ashula va raqs ansambli “World Folk Vision 2020” xalqaro festivalida eʼtirof etildi

Xalqaro tanlovning dastlabki bosqichida jahoning 115 mamlakatidan 1 ming 100 ta badiiy jamoa qatnashdi. Shundan 20 davlatdan 29 jamoa festivalning final bosqichiga yoʻllanma oldi. Yakunda “Buxorcha” ashula va raqs ansambli festivalning “Raqs” nominatsiyasi boʻyicha 4-oʻringa munosib koʻrildi.

11:29 03 Iyul 2020
R.Kusherbayev: Bu davrni “eng koʻp uylar buzilgan davr”, deb eslashlari mumkin

Tasavvur qiling: ertalab uygʻonsangiz uyingizga hokimiyat vakili uyingni buzaman, deb kirib kelsa. Meni mulk huquqim bor, prokurorga shikoyat qilaman, deb turganingda hokimni ortidan “qonuniylikni taʼminlaydigan” prokuror yoʻtalib boʻy koʻrsatadi. Nailoj “senlar bilan hali sudda gaplashaman” deb adolatdan najot kutasan. Hokim,...

10:49 03 Iyul 2020
Izchil islohotlar — iqtisodiy barqarorlik garovi

Bugun dunyoda deyarli barcha davlatlar koronavirus pandemiyasi natijasida vujudga kelgan inqirozning salbiy oqibatlarini boshidan kechirayotgan bir vaqtda Jahon banki Oʻzbekistonning iqtisodiyoti 2020-yilda 1,5 foiz, 2021-yilda esa 6,6 foiz oʻsishini bashorat qilishi, albatta, juda yuksak eʼtirofdir. Jahon banki singari yetakchi xalqaro...

10:43 03 Iyul 2020
Mudhish YTH! 3 kishi qurbon boʻldi

2020-yilning 1-iyul kuni soat 12:00 da Samarqand tumani Andijon mahallasida 51 yoshli T.T.ning boshqaruvida boʻlgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida boʻlgan “Malibu” rusumli avtomashinalari toʻqnashuvi natijasida “Malibu” avtomashinasining yoʻlovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli...

10:42 03 Iyul 2020
Hayvonot bogʻiga kirish chiptalari 1,6 baravarga qimmatlashgan

2020-yilning iyun oyida aholi uchun pullik xizmatlar orasida madaniyat muassasalari xizmatlari 2,7 % ga qimmatlashgani kuzatildi.

10:38 03 Iyul 2020
Saudiya Arabistoni umra ziyoratini qisman ochishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Saudiya Arabistonining Makkadagi Masjidul-Haram ishlari boʻyicha agentligiMasjidul-Haramni qisman ochish rejasini tayyorlamoqda. Umra 100 kundan koʻproq toʻxtatilgandan soʻng, yillik kichik Hajni qisman qayta yoʻlga qoʻyish rejasini ishlab chiqyapti. Bundan koʻzlangan maqsad ziyoratchilarning juda koʻp miqdorda toʻplanishining oldini olishdir. Bu haqda «Al-Arabiya»...

10:33 03 Iyul 2020
Qabul komissiyasi aʼzosi 6000 dollar olayotganda qoʻlga tushdi

Xabarlarga koʻra, Samarqand viloyati davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat universiteti xodimi 2020-2021 oʻquv yili uchun qabul komissiyasi aʼzosi boʻlgan katta oʻqituvchi bilan birgalikda ikki nafar abituriyentni universitetga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib,...

10:29 03 Iyul 2020
“Oʻqishga kiritib qoʻyaman” degan yana bir shaxs qoʻlga olindi

Mazkur arizaga asosan, 2020-yil 02-iyul kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1983-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʻilgan X.J. ariza...

10:24 03 Iyul 2020
Jahon iqtisodiyoti korrupsiya holatlari tufayli yiliga 2,6 trillion AQSH dollari yo'qotmoqda

Globallashuv va integratsiya jarayonlari kuchaygan, chegaralar shaffoflashgan davrda hech bir davlat korrupsiyadan xoli faoliyat yuritolmaydi, albatta. BMT Taraqqiyot dasturida jahon iqtisodiyoti aynan korrupsiya holatlari tufayli yiliga 2,6 trillion AQSH dollari mablagʻ yoʻqotayotganini, jamiyat taraqqiyotining eng xavfli kushandasiga aylangan bu illatga...

10:01 03 Iyul 2020
Hozirgi sharoitda texnik koʻrikdan oʻtkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

Savol: 1-iyulda avtomobilimning majburiy texnik koʻrikdan oʻtish muddati tugadi. Hozirgi sharoitda texnik koʻrikdan oʻtkazmaganlik uchun avtomobillarga jarima yoziladimi?

09:56 03 Iyul 2020
4 nafar sportchimiz “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Mazkur koʻkrak nishoniga Javohir Sindarov (shaxmat), Klara Darmenbayeva (gimnastika) va Asila Mirzayorova (Paralimpiya) sazovor boʻldi. Shuningdek, boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari chempioni Hasanboy Doʻsmatov ham mudofaa va huquqni muhofaza qilish yoʻnalishida ushbu sovrin bilan mukofotlandi.

09:51 03 Iyul 2020
Namanganda toʻrt egizak dunyoga keldi. Ularning barchasi oʻgʻil

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining xabar berishicha, Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Hozirovlar xonadonida bir yoʻla 4 nafarli egizak dunyoga keldi. Ularning otasi Bahodir Hozirov 31 yoshda boʻlsa, onasi Madina Ikramova 30 yoshda boʻlib, toʻylari 2016-yil 26-oktyabrda boʻlgan.Tabiiyki,...

09:47 03 Iyul 2020
Namanganda robototexnika va sanoat dizaynerlari tayyorlanadi

Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Belarus milliy texnika universiteti oʻrtasida talabalar almashinuvi, professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

09:40 03 Iyul 2020
“CHYOT” oʻqituvchilarining maoshi kammi? XTV munosabat bildirdi

Murojaatda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Oʻquvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan erkak oʻqituvchilarining maoshi kamligi masalasi koʻrib chiqilishi soʻralgan.

09:37 03 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер