All

Gerbim — bagʻrikenglik timsoli

1992-yil 2-iyul. Eslayman, chaqaloqning “inga-inga”si oilamizdagi barchani quvontirdi. Men u paytda toʻrt yashar qizaloq edim va chaqaloq singilchamning yuzlariga boqib toʻymasdim. “Ismini nima qoʻyamiz?” deya menga yuzlanishganda oʻylanmay turib “Mahliyo” degan ekanman. Mening bu qarorimni eshitgan buvijonim “oʻz ota-onasi va...

12:41 02 Iyul 2020
Hasanboy Doʻsmatov: Milliy timsollar Vatan oldidagi qarzimizni eslatib turadi

— Gerbimiz oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbai, yoshlarimizni vatanparvarlik, ajdodlarimiz anʼanalariga sodiq farzand etib tarbiyalash yoʻlidagi muhim vositadir. Biz sportchilar buni koʻproq his qilamiz, anglaymiz. Xalqaro musobaqalarda ishtirok etganimizda davlatimiz bayrogʻi...

12:37 02 Iyul 2020
Qator tashkilotlarning monopol huquq va imtiyozlari bekor qilinishi mumkin

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan eksklyuziv huquqlar, imtiyozlar, individual soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va Qonun loyihalarini ishlab chiqdi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

12:29 02 Iyul 2020
Maktab oʻqituvchilarining yillik taqvim-mavzuiy reja hamda konspekt yuritishi bekor qilindi

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

11:13 02 Iyul 2020
Rossiyaliklarning uchdan ikki qismidan koʻprogʻi Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritishni qoʻllab-quvvatladi

TASS axborot agentligining maʼlum qilishicha, Rossiya Konstitutsiyasiga oʻzgartish kiritish boʻyicha referendumda Toshkentda boʻlib turgan Rossiya fuqarolari ham ishtirok etgan. Qatnashganlarning 82 foizidan koʻprogʻi oʻzgarishlarni qoʻllab-quvvatlagan, qariyb 17 foizi esa qarshi chiqqan.

11:13 02 Iyul 2020
Qashqadaryoda 43 yoshli ayol oʻziga oʻt qoʻyib halok boʻldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yerini qoʻshnilari noqonuniy olib qoʻyganiga norozilik bildirgan 43 yashar Yakkabogʻlik ayol oʻziga oʻt qoʻyib halok boʻlgani haqida” xabar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi bayonot berdi.

11:09 02 Iyul 2020
Ulkan toʻyxonalar negizida haqiqatda foydali boʻlgan ijtimoiy-madaniy muassasalarni yuzaga keltirish kerak — deputat

Misol uchun, ulkan toʻyxonalar negizida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatuvchi markazlar, pedagog kadrlarni kasbga qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, yoshlarning madaniy hordiq chiqarish maskanlari, fuqarolar va jamiyat uchun haqiqatda foydali boʻlgan ijtimoiy-madaniy muassasalarni yuzaga keltirish kerak.

10:52 02 Iyul 2020
Qashqadaryoda 18 yoshli qiz oʻzini osib oʻldirdi. Uning oʻlimiga eri sababchi boʻlishi mumkin

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Joʻrayeva oʻz joniga qasd qilganligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

10:40 02 Iyul 2020
Samarqand shahridagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari boshqa joyga koʻchiriladi

Jumladan, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning 2020-yil 1-iyulda qabul qilingan qaroriga koʻra, Samarqand shahridagi 3-tugʻuruqxona boshqa joyga koʻchadigan boʻldi. Yaʼni, 3-tugʻuruq boʻlimi Samarqand tumanidagi agrosanoat kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tibbiyot muassasasiga moslashtirilgan holda ushbu maskanga koʻchiriladi. Tugʻruqxona bino va inshootlari...

10:38 02 Iyul 2020
“E-IJRO AUKSION” qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik yoʻlida

Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash, xufiyona iqtisodiyotga barham berish, davlat va fuqarolar oʻrtasidagi munosabatlarda ochiqlikni taʼminlash boʻyicha qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

10:11 02 Iyul 2020
Yoshlarga taʼlim berish platformasi — “TexnoBus” ishga tushirildi

Respublikamizning chekka hududlarida mamlakatimiz rivojlanishi uchun muhim boʻlgan sohalarga qiziquvchi yoshlarga taʼlim berishga moʻljallangan “TexnoBus” texnologik mobil taʼlim platformasiga Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Oybek Norinboyev tomonidan 30-iyun – Yoshlar kunida start berildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.

09:55 02 Iyul 2020
Qozogʻistonning birinchi prezidenti, spiker va yana ikki rahbar koronavirusdan tuzaldi

Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, mamlakat parlamenti spikeri Nurlan Nigmatulin COVID-19dan tuzaldi. Ular davolanish kursini muvaffaqiyatli oʻtkazgani aytilmoqda. Sababi shundan soʻng topshirgan testlari manfiy natija bergan. Bu haqda Sputnik maʼlum qildi.

09:44 02 Iyul 2020
Vannadan “Murabbiylik qilaman”, deb chiqqan futbolchi

Simeonening murabbiylik faoliyati boshlanishi esa gʻalati kechgan. U bu haqda shunday degandi: ”Rasing” klubi rahbariyati menga jamoani boshqarish taklifi bilan chiqdi. Oʻsha kezlarda men butsimni mixga ilganimga koʻnika olmay yurgandim. Butun tun boʻyi uxlay olmadim. Yugurgani chiqdim. Keyin esa dushga...

09:15 02 Iyul 2020
Aviachiptalar uchun toʻlangan summalar vaucher shaklida qaytarib beriladi. Bonusi ham bor

Qayd etilishicha, depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim boʻlgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi boʻyicha shu summadan 5 foizga teng bonus taqdim etiladi.

08:57 02 Iyul 2020
Oʻqituvchilar toʻldiradigan hujjatlar soni bitta jurnal bilan cheklanadi — 2016-yilda ularning soni 7 ta edi

Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilishi kutilayotgan “Milliy oʻquv dasturi”ning asosiy komponentlari doirasida barcha fanlardan “Oʻqituvchi kitobi”ni joriy etilishi maktab oʻqituvchilarining dars ishlanmasi (konspekt)ning oʻrnini toʻldiradi.

08:48 02 Iyul 2020
Ozodbek Nazarbekov: Istibdod davrida elimiz musiqaning noyob kuchidan, sehridan imkon qadar uzoq tutildi

Haqiqatan ham, istibdod davrida elimiz musiqaning noyob kuchidan, sehridan imkon qadar uzoq tutildi. Natijada musiqiy taʼlimga eʼtibor susaydi, bu borada kadrlar tayyorlash tizimining moddiy-texnika bazasi gʻariblashib, nochor ahvolga tushib qoldi, soha pedagog va mutaxassislari mehnati yetarli ragʻbatlantirilmadi.

08:43 02 Iyul 2020
Ertaga ikkita charter reys amalga oshiriladi

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu roʻyxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

08:22 02 Iyul 2020
Oʻzbekiston tarixida birinchi marta elektron qonun hujjati qabul qilindi

Mazkur hujjat sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan boʻlib, unga asosan tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga retsept yozishda dori vositalarining savdo nomini emas, balki uning tarkibidagi taʼsir qiluvchi moddalarni yozish talab etiladi. Bu esa fuqarolarga tarkibi bir xil boʻlgan dori vositalarini oʻzlarining...

08:11 02 Iyul 2020
Koʻksimdagi Vatanim

Fuqarolik pasportingiz, tugʻilganlik haqida guvohnoma, nafaqa daftarchasi, oʻqish joyingizda berilgan diplom ilovangiz, turli tanlov va tadbirlarda qoʻlga kiritgan sertifikat yoki maqtov yorligʻingiz, choʻntagingizni toʻldirgan soʻmlar, yana shu kabi hujjat hamda qogʻozlarda, sport yoki boshqa kiyimlarimiz koʻksida — siz bir xil...

08:02 02 Iyul 2020
Deputat 200 va 500 soʻmlik banknotalarni muomaladan chiqarmaslikni taklif qildi

Umid qilamizki, Markaziy bank koʻplab saylovchilarni bezovta qilayotgan masalani ijobiy hal etadi«, deb yozadi Rasul Kusherbayev oʻzining »Telegram" kanalida.

07:53 02 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер