“Buxorcha” ashula va raqs ansambli “World Folk Vision 2020” xalqaro festivalida eʼtirof etildi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat boʻlinmasining “Buxorcha” ashula va raqs ansambli “World Folk Vision 2020” milliy madaniyat va sanʼat jahon onlayn festivalida toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mazkur festivalda “Buxorcha” ashula va raqs ansambli “Chorzarb” Buxoro anʼanaviy turkum qoʻshiqlari bilan ishtirok etdi.
Xalqaro tanlovning dastlabki bosqichida jahoning 115 mamlakatidan 1 ming 100 ta badiiy jamoa qatnashdi. Shundan 20 davlatdan 29 jamoa festivalning final bosqichiga yoʻllanma oldi. Yakunda “Buxorcha” ashula va raqs ansambli festivalning “Raqs” nominatsiyasi boʻyicha 4-oʻringa munosib koʻrildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring