“CHYOT” oʻqituvchilarining maoshi kammi? XTV munosabat bildirdi

09:37 03 Iyul 2020 Jamiyat
2622 0

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Oʻquvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritadigan bir guruh xodimlar nomidan Xalq taʼlimi vazirligiga murojaat yoʻllandi.

Murojaatda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida Oʻquvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan erkak oʻqituvchilarining maoshi kamligi masalasi koʻrib chiqilishi soʻralgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qildi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF–5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari”ning 14-bandiga koʻra umumiy taʼlim sohasidagi oʻrtacha oylik ish haqining boshqa sohalardagi oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan ulushini 2020-yilda 1,1 baravarga yetkazish belgilangan, shuning uchun maktablardagi oyliklar bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda.

Xalq taʼlimi vazirligi mazkur lavozimda ishlovchi xodimlarni moddiy qoʻllab quvvatlash maqsadida ularning bazaviy tarif stavka miqdorini oshirish boʻyicha taklif ishlab chiqqan va tegishli vazirlik va idoralarga kiritgan.

Afsuski, respublikamizga kirib kelgan koronavirus pandemiyasi iqtisodiyotning koʻplab tarmoqlarga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatgani bois Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va iqtisodiyotini barqarorligini taʼminlash maqsadida ayrim sohalarga, jumladan, xalq taʼlimi tizimiga 2020-yilda davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar ham maqbullashtirilgan.

“Yuqoridagilarni inobatga olib, karantin davri tugab, iqtisodiyot tarmoqlari oʻz ishini qaytadan boshlagandan soʻng taʼlim muassasalarining ushbu lavozimda faoliyat yuritayotgan xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish masalasi tegishli vazirliklar bilan qayta koʻrib chiqiladi deb umid qilamiz” deyiladi XTV xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер