Mudhish YTH! 3 kishi qurbon boʻldi

10:42 03 Iyul 2020 Jamiyat
1210 0

2020-yilning 1-iyul kuni soat 12:00 da Samarqand tumani Andijon mahallasida 51 yoshli T.T.ning boshqaruvida boʻlgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida boʻlgan “Malibu” rusumli avtomashinalari toʻqnashuvi natijasida “Malibu” avtomashinasining yoʻlovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli A.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер