All

Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida maʼlumot berildi

Afsuski, shu yilning 12-iyul kuni mamlakatimizda 484 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 219 nafari karantin muassasalarida, 265 nafari aholi orasida aniqlangan.

23:33 12 Iyul 2020
Oʻzbekistonda koronavirusdan zararlanganlar 13 mingga yaqinlashdi

2020-yil 12-iyul soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12997 (+142) nafarni tashkil etmoqda.

23:28 12 Iyul 2020
Toshkentda koronavirusdan zararlangan yana bir bemor vafot etdi

Oʻzbekistonda ushbu infeksiya qurbonlari soni 60 nafarga yetdi.

23:21 12 Iyul 2020
Toshkentda Sagʻbon koʻchasining Nurafshongacha boʻlgan qismi vaqtincha yopiladi

Xabarga koʻra, Olmazor tumanining Sagʻbon koʻchasi bir sutka davomida Farobiy koʻchasidan Nurafshon koʻchasigacha boʻlgan qismidagi yoʻl taʼmirlash ishlari sababli harakatlanish uchun yopiladi.

23:20 12 Iyul 2020
Dunyo goʻzalida ham koronavirus aniqlandi

Ayni vaqtda Bachchanlar oilasining Mumbaydagi uyi yopilgan va unda yashovchilar ikki haftalik karantinga olingan. 

23:01 12 Iyul 2020
Ertadan Moskva koʻchalarida niqob taqish shart emas

Jamoat transporti, tibbiyot muassasasi, doʻkon va boshqa jamoat joylarida niqob va qoʻlqoplardan foydalanish talabi saqlanib qolinadi.

22:33 12 Iyul 2020
“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

Shuningdek, “Bunyodkor” bilan 7-iyul kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan oʻtkaziladi. Taʼkidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari oʻzini yaxshi his qilmoqda.

21:34 12 Iyul 2020
Koronavirus infeksiyasi yuqish darajasi yana 30 foizga oshdi — gonkonglik olim

DNK mutatsiyasi koronavirus infeksiyasining yuqumlilik xususiyatining oshishiga olib kelgan.

21:34 12 Iyul 2020
AQSHda soʻnggi sutkada rekord darajada koronavirusga chalinish holati qayd etildi

Yangi kasallanish holatlari soni oʻtgan kungiga nisbatan 2,3 foizga, koronavirusdan oʻlim holatlari soni 0,1 foizga oshgan.

21:22 12 Iyul 2020
Uch kundan beri koronavirusga topshirgan testimning natijasini ololmayapman — deputat

Uch kundan beri sanitariya-epidemiologiya markazi shahar boʻlimiga qoʻngʻiroq qilib, Covid-19 uchun topshirgan testimning natijalarini ololmay halakman. Har safar Viloyat sanitariya-epidemiologiya markazidan javoblar hali kelmaganini roʻkach qilishaverganidan, ochigʻi, zada boʻldim. Viloyat “SES” rahbari esa “qizlar” (xodimlar)ga aytib qoʻyganini takrorlashdan, qizlar esa...

21:20 12 Iyul 2020
Dunyodagi eng zamonaviy 13 kutubxona haqida bilasizmi?

“Kitob”, “kitobxonlik”, “kutubxona” soʻzlarining oʻzagi aslida arabchadan olingan va bir maqsadga, yaʼni inson maʼnaviyatini boyitishga xizmat qiladi.

20:41 12 Iyul 2020
Angliya Premyer-ligasi 34-turining ramziy terma jamoasi eʼlon qilindi

Angliya Premyer-ligasi 34-turining ramziy terma jamoasi eʼlon qilindi.

19:17 12 Iyul 2020
Makkenzi Bezos AQSHning eng boy ayoliga aylandi

Boyligi Makkenzi Bezosnikidan koʻpligi bilan faqat bir ayol — LʼOreal asoschisining nabirasi Fransuaza Betankur-Mayer maqtanishi mumkin. Uning boyligi 64 mlrd dollar deb baholanadi

18:48 12 Iyul 2020
Qozogʻistonda bir sutkada 1798 kishida koronavirus aniqlandi

11-iyul kuni soat 23:59 holatiga koʻra, Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 58 mingdan oshdi,

18:32 12 Iyul 2020
Nepalda kuchli yomgʻir: 23 kishi halok boʻldi

Koʻp hududi togʻlardan tashkil topgan Nepalda iyun va sentyabr oylari oraligʻida musson yomgʻirlari mavsumi boshlanadi.

17:19 12 Iyul 2020
O'zbekistonda qariyb 150 kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 12-iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12855 (+149) nafarni tashkil etmoqda.

16:58 12 Iyul 2020
Chiroqchida avariya! Xorazmlik haydovchi boshqargan “Orlando” yoʻl belgisiga amal qilmadi. 2 kishi vafot etdi, 6 kishi kasalxonada

Natijada “Orlando” rusumli transport vositasi haydovchisi M.M. va avtomobil yoʻlovchisi 1983-yilda tugʻilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida yashagan T.J.lar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

16:51 12 Iyul 2020
Toshkentlik 76 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

7-iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi V.T. va uning oʻgʻlida “COVID-19” tasdiqlanganidan soʻng uyiga maxsus tez tibbiy yordam guruhi kelgan. Ammo bemorda kasallik belgilari boʻlsa-da, shifoxonada statsionar holatda davolanish rad etilgan.

16:43 12 Iyul 2020
Qaysi bemor uyda, qaysi biri shifoxonada davolanishini kim hal qiladi?

Ular bemorni yo uyda davolanish uchun qoldirish yoki uning kasalligi ogʻirligiga qarab kasalxonaga yotqizish masalasini hal qiladi.

16:21 12 Iyul 2020
Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari ma'lum bo‘ldi

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, yuridik texnikumlariga jami 3420 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 2310 ta kvota, 1110 ta kvota sirtqi ta'lim shakliga mo‘ljallangan.

15:59 12 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер