AQSHda soʻnggi sutkada rekord darajada koronavirusga chalinish holati qayd etildi

21:22 12 Iyul 2020 Dunyo
1123 0

AQSHda bir sutkada koronavirusga chalinishlar soni boʻyicha yangi antirekord qayd qilindi. Mamlakatda soʻnggi sutkada koronavirus 71389 kishida tasdiqlangan.

Yangi kasallanish holatlari soni oʻtgan kungiga nisbatan 2,3 foizga, koronavirusdan oʻlim holatlari soni 0,1 foizga oshgan.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 3,35 mlndan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 137 mingdan koʻproqni tashkil qilmoqda. 1,5 mlnga yaqin odam kasallikdan sogʻayib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер