“Bunyodkor” klubi futbolchisi koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda

21:34 12 Iyul 2020 Jamiyat
1106 0

Coca-Cola Superliga 9-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi nomaʼlum muddatga qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy sayti xabar qilmoqda.

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, “Bunyodkor” bazasi dezinfeksiya qilinadi va jamoa aʼzolari tekshiruvdan oʻtadi. Hammasi joyida boʻlgan taqdirda, futbolchilar shifokorlar nazorati ostida mashgʻulotlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, “Bunyodkor” bilan 7-iyul kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan oʻtkaziladi. Taʼkidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari oʻzini yaxshi his qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi 14-iyul kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер