Qozogʻistonda bir sutkada 1798 kishida koronavirus aniqlandi
11-iyul kuni soat 23:59 holatiga koʻra, Qozogʻistonda koronavirus yuqtirganlar soni 58 mingdan oshdi, deb xabar berdi coronavirus2020.kz.
Soʻnggi bir kun ichida Qozogʻistonda 1798 kishi koronavirus yuqtirgan. Ulardan 1061 kishi klinik belgilarsiz tashuvchi sifatida roʻyxatga olingan.
Hududlar boʻyicha (umumiy / simptomsiz):
Nur-Sulton shahri - 88/40
Olmaota shahri - 242/81
Chimkent shahri - 137/99
Aqmola viloyati - 38/23
Aqtoʻbe viloyati - 40/25
Almati viloyati - 48/29
Atirau viloyati - 269/200
Sharqiy Qozogʻiston viloyati - 211/150
Jambil viloyati - 79/64
Gʻarbiy Qozogʻiston viloyati - 97/43
Qaragʻandi viloyati - 158/93
Qostanay viloyati - 56/19
Qiziloʻrda viloyati - 91/33
Mangʻistau viloyati - 72/67
Pavlodar viloyati - 51/6
Shimoliy Qozogʻiston viloyati - 65/48
Turkiston viloyati - 56/41
Ayni damda mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 58 253 kishini tashkil etmoqda. 33 8014 kishi virusdan sogʻaygan boʻlsa, 264 kishi kasallikdan vafot etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring