Dunyo goʻzalida ham koronavirus aniqlandi
Hindistonlik aktrisa va model Ayshvariya Ray Bachchan bugun, yaʼni 12-iyul kuni koronavirusni yuqtirib olganligi maʼlum boʻldi. Yana bu tashxis aktrisaning 8 yoshli qizalogʻiga ham qoʻyilgan.
Ray Bachchan turmush oʻrtogʻi Abxishek Bachchan va qaynotasi Amitabx Bachchan COVID-19 bilan shifoxonaga yotqizilgan kuni koronavirusga test topshirgan va afsuski, tahlil natijalari musbat chiqdi.
Ayni vaqtda Bachchanlar oilasining Mumbaydagi uyi yopilgan va unda yashovchilar ikki haftalik karantinga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring