All

Qashqadaryodan Rossiyaga 19 tonna oshqovoq joʻnatildi

Qarshi tumanidagi tomorqa egalari tomonidan yetishtirilgan dastlabki partiyadagi 19 tonna oshqovoqlar “Nasaf” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlarining saʼy-harakati bilan qisqa muddatda Rossiya Federatsiyasiga eksportga joʻnatildi.

13:30 30 Iyul 2020
Butun oliy taʼlim tizimini illatlar botqogʻiga botgandek koʻrsatishga urinishni maʼqullamayman — MTDP vakili

Kuni kecha “Adolat” SDP fraksiyasi aʼzosi, deputat M. Valiyev tomonidan oliy taʼlim muassasalaridagi korrupsiogen holatlar deya tasvirlangan va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maqolani oʻqib chiqdim. Muallif oʻz maqolasida oliy taʼlim tizimida hali ayrim korrupsiyaga sharoit yaratib beruvchi omillar mavjudligini taʼkidlab,...

13:15 30 Iyul 2020
Oliy taʼlim muassasalaridagi yashirin “oʻyin”lar

Korrupsiya bu taraqqiyotga toʻsqinlik qiluvchi eng asosiy illat boʻlib, dunyo miqyosidagi global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi.

12:51 30 Iyul 2020
Mast holatda avtotransport boshqargan fuqaro profilaktika inspektorining oʻlimiga sababchi boʻldi

Mazkur yoʻl transporti hodisasi natijasida fuqaro J.Tanatovning avtomashinasida boʻlgan Qoʻngʻirot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori podpolkovnik M.Ganibayev olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan, deb xabar berdi Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

12:29 30 Iyul 2020
Harbiy okrug qoʻmondonligi urganchlik Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining holidan xabar oldi

Urganch shahridagi “Beshmergan” mahallasidagi “Xonqa” koʻchasining 90-uyda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Jabbor ota Qalandarov salkam yuz bilan yuzlashgan viloyatning eng obroʻli insonlaridan biri boʻladi. 99 yoshni qarshilagan otaxon koʻp yillar mahalla fuqarolar yigʻinida faoliyat olib borgan, koʻplab oilalarning...

12:14 30 Iyul 2020
Eron AQSH aviatashuvchisi modelini portlatib yubordi

Eron xarbiy mashqlar doirasida yangi turdagi ballistik raketalarni sinovdan oʻtkazdi. Islomiy inqilob qoʻriqchilari korpusining xabar berishicha, “kamuflyaj shaklda chuqur yer ostiga yashiringan” raketalarning sinovlari muvaffaqiyatli oʻtdi.

11:51 30 Iyul 2020
Bir soʻm kassaga, oʻn soʻm kissaga

Eng yaqin odamingiz darddan qiynalib, bemajol nigohlari bilan sizdan yordam kutadi. Yuragingizni hovuchlab dorixonaga yugurasiz, lekin sotuvchi “bu dori tugab qolgan edi-ya”, deya yelka qisadi. Bunday paytda imkonsizlikdan ham ortiq azob, dard yoʻq!..

11:44 30 Iyul 2020
1933-yilda qurilgan GES qayta modernizatsiya qilindi

Qodiriya GES tizimda uzoq yillardan beri faoliyat koʻrsatayotgan gidrotexnika inshootlaridan biri hisoblanadi. U 1933-yilda bunyod etilgan boʻlib, oʻrnatilgan umumiy quvvati 13,2 MVtga teng. Biroq soʻnggi paytda 4 ta agregati ishlash quvvati samaradorligini yoʻqotib, taʼmirga muhtoj boʻlib qolgan edi. Shu bois...

11:38 30 Iyul 2020
Yarim yillik faoliyat natijalari: Nimalarga erishildi, nimalar qilishimiz kerak?

Oʻtgan davrda — joriy yil yarim yilligida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilar ekanmiz, faoliyatimiz davomida muayyan natijalarga erishganimizni qayd etish joiz. Ayni paytda bulardan havolanmagan holda, bajarilishi ortga surilgan vazifalarning sababini tahlil qilish va kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishga...

11:35 30 Iyul 2020
Pandemiya tufayli qoʻmita rejasiga oʻzgartirishlar kiritildi

Xalqaro aloqalar va parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash hozirgi vaqtda Qonunchilik palatasi faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelmoqda. Zero, aynan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va faol tashqi siyosat yuritish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga, uning xalqaro maydondagi nufuzini yana-da yuksaltirishga erishish...

11:25 30 Iyul 2020
DXAga yangi direktor tayinlandi

Ulugʻbek Islomovich Muhammadiyev Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.

11:23 30 Iyul 2020
Qashqadaryodagi 20 000 ta ehtiyojmand oilaga 1 million soʻmdan tarqatiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga asosan, bugunni oʻzida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan 20 000 (84 335 kishi) ta ehtiyojmand oilaning har biriga 1 million soʻmdan, jami 20 milliard soʻm mablagʻ beriladi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokidagi brifingda aytib...

11:17 30 Iyul 2020
Karantin paytida jayron ovlaganlar qoʻlga tushdi. Ular tabiatga 33 mln. soʻmdan ortiq zarar yetkazgan

Ushbu fuqarolarning Ustyurt kengliklarida noqonuniy ravishda ov qilishgani, ovda Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan jonivor, sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi bir bosh jayron otilgani aniqlandi. Bu bilan, tabiatga 33 450 000 soʻm zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

11:15 30 Iyul 2020
Andijon shahrida 2800 ta oilaga arafalik ehsoni tarqatildi

Bugun arafa. Anʼanalarimizga binoan yaqinlarimiz xolidan xabar olishimiz, udumlarimizni yoʻlga qoʻyib, ehson tarqatishimiz, hech boʻlmaganda bir kosa taom bilan koʻngil olishimiz kerak edi. Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan xolda dildagi ezgu istaklarni bir parcha noma orqali yetkazishga qaror qildik. Andijon shahar...

11:11 30 Iyul 2020
Hamma bitiruvchi ham institutda oʻqishni davom ettira olmaydi, ularning taqdiri nima boʻladi?

Aslini olganda har bir maktab bitiruvchisi oliy taʼlimda saboqni davom ettirishni xohlaydi. Biroq, vaziyat hammada har xil. Kimdir oʻqishga kira olmasa, boshqasi hatto hujjat ham topshirmasligi mumkin. Xoʻp, turli sabablarga koʻra maktab bitiruvchisi institutda taʼlimni davom ettira olmadi, u holda...

11:07 30 Iyul 2020
Dehqonobodda ehtiyojmand oilalarga 1 mln so'mdan moddiy yordam puli tarqatiladi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 1750 ta ehtiyojmand oilaning har biriga 1 million soʻmdan moddiy yordam puli tarqatiladi. Bu haqda tuman Matbuot xizmati xabar bermoqda.

11:03 30 Iyul 2020
Xenan — Samarqand: oʻzaro ishonch va mustahkam doʻstlikka asoslangan hamkorlik

Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, Xenan gubernatori In Xun, ikki davlat elchilari va boshqa masʼul shaxslar ishtirokida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan onlayn muzokaralar boʻlib oʻtdi. Amaliy muloqot davomida diplomatik aloqalarni yana-da mustahkamlash Samarqand viloyati va Xenan provinsiyasi oʻrtasida doʻstona muhitni yana-da...

11:01 30 Iyul 2020
Sizga ishonamiz, doktor

— Tabib tabib emas, boshidan oʻtkazgan tabib, deyishgani bejiz emas, — deydi Qorovulbozor tumanida yashovchi muallima Roʻzigul Ahadova. —Bundan bir necha hafta muqaddam tobim qochdi. Kuchli bosh ogʻrigʻi, holsizlik, yoʻtal bezovta qila boshlagach, tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimiga murojaat...

10:48 30 Iyul 2020
Asalari uyasidagi hayot

— Asalari oilasidagi hayotni hech kuzatganmisiz, — soʻrab qoldi Peshku tumanida yashovchi tajribali asalarichi Istam Quljonov. — Bilsangiz, bu mitti jonivorlar turmush tarzining turgan-bitgani ibrat. Mehnatkashligi, tinib-tinchimasligi, halol-pokizaligi, ahilligi, totuvligidan har qancha oʻrgansa arziydi. Men bu hayotni har bir kishi,...

10:43 30 Iyul 2020
Universitetining koʻngilli oʻqituvchilari Call-markazlarda ishlamoqda

Ushbu jarayonda Nizomiy nomidagi TDPU professor-oʻqituvchilari koronavirus oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni toʻgʻri baholab, targʻibot va tashviqot ishlarida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, professor-oʻqituvchilardan ixtiyoriy tashkil topgan koʻngilli 12 ta katta guruh tuzilib, ular pandemiyaga qarshi kurashga koʻmaklashish maqsadida tashkil...

10:37 30 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер