DXAga yangi direktor tayinlandi

11:23 30 Iyul 2020 Jamiyat
1420 0

Ulugʻbek Islomovich Muhammadiyev Prezident qaroriga muvofiq Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlandi.

U. Muhammadiyev 1977-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2003-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan, mutaxassisligi matematik, huquqshunos.

U oʻz mehnat faoliyatini 2001-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining ish yurituvchisi lavozimidan boshlagan.

U. Muhammadiyev shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер