Eron AQSH aviatashuvchisi modelini portlatib yubordi

11:51 30 Iyul 2020 Dunyo
1395 0

Eron xarbiy mashqlar doirasida yangi turdagi ballistik raketalarni sinovdan oʻtkazdi. Islomiy inqilob qoʻriqchilari korpusining xabar berishicha, “kamuflyaj shaklda chuqur yer ostiga yashiringan” raketalarning sinovlari muvaffaqiyatli oʻtdi.

Voqeadan xabar topgan AQSH mintaqadagi ikkita bazada yuqori tayyorgarlik rejimini eʼlon qildi.

Mashqlar davomida Eron qurolli kuchlari “Nimits” turidagi Amerika aviatashuvchisi modelini portlatdi. Aviatashuvchi modeli Hind okeani orqali oʻtgan haftada Fors koʻrfaziga kirgan edi.

AQSH mudofaa vazirligi esa dengizdagi har qanday tahdidni bartaraf etishga tayyor ekanliklarini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер