All

Hindistonda besh qavatli bino qulab tushdi: vayronalar ostida 200 kishi qolgani aytilmoqda

Hindistonning Maxarashtra shtatida besh qavatli bino qulab tushdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, vayronalar ostida 200 nafarga yaqin odam qolib ketgani aytilmoqda

22:21 24 Avgust 2020
Samarqanddan qariyb 9 ming tonna uzum eksport qilindi

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Samarqand viloyatidan xorijga umumiy qiymati 11 million AQSH dollari boʻlgan vazni qariyb 9 ming tonna uzum mahsulotlari eksport qilindi. Bu haqda DBQ matbuot xizmati xabar berdi.

21:05 24 Avgust 2020
Rostov-Don va Samaradagi yurtdoshlarimizni poyezdda olib kelish tashkil etildi

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarning olib kelish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ poyezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24-avgust kuni yetib kelishi rejalashtirilgan.

20:38 24 Avgust 2020
Jetex kompaniyasi Oʻzbekiston aviatsiya bozoriga kirish istagida

Uchrashuvda Jetex kompaniyasi Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini maʼlum qildi. Kompaniya ayni mazkur loyiha doirasida oʻz mablagʻlari hisobidan...

20:33 24 Avgust 2020
Chempionlar ligasining ramziy terma jamoasida Ronaldu va Messiga joy topilmadi

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UYEFA) 2019/20 yilgi Chempionlar ligasining ramziy jamoasini eʼlon qildi.

18:30 24 Avgust 2020
Samarqandda paxta yigʻim-terim mavsumiga tayyorgarlik qizgʻin

Mirishkor dehqonlarimizning erta bahordan qilgan samarali mehnatlari taroziga tushadigan, paxta xom ashyosidan oppoq xirmon barpo etiladigan bir soʻz bilan aytganda gʻalvirni suvdan koʻtaradigan damlar tobora yaqinlashmoqda. Gʻoʻza maydonlarini defoliatsiya qilish paxtadan moʻl hosil yetishtirish borasidagi muhim agrotexnik tadbirlardan biri sanaladi.

18:14 24 Avgust 2020
Dori vositalarini elektron buyurtma qilishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

— Ha, mumkin. “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq, elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarni elektron tarzda sotish va sotib olishga ruxsat berilgan. Faqat ularni saqlash va yetkazib berishda...

18:10 24 Avgust 2020
JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud. Emlash dasturiga 172 mamlakat qoʻshildi

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani ishlab chiqish va tarqatish boʻyicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 mamlakat qoʻshilgan.

18:03 24 Avgust 2020
Davlat va maqsadli jamgʻarmalar byudjetlarining 2020-yil I yarim yillikdagi ijrosi yakunlari koʻrib chiqildi

2020-yil I yarim yillik yakuniga koʻra mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 255,3 trln. soʻmni tashkil etgan holda, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 foizga oʻsdi. Oʻtgan yil bilan taqqoslanganda YAIM tarmoqlar tarkibida qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi...

17:51 24 Avgust 2020
Jamoatchilik nazorati — biz uni qanday oʻzlashtiramiz?

Yangi Oʻzbekiston haqidagi tasavvurlarimiz kundan-kunga teranlashib, yorqinlashib boryapti. Har bir soha xodimi, har bir fuqaro oʻz sohasi va hayotida boʻlayotgan oʻzgarishlarni seza boshladi. Aslida yangi Oʻzbekiston gʻoyasining mohiyati oddiy — inson oʻzini-oʻzi, jamiyatni esa uning aʼzolari boshqarishi kerak. Boshqarish esa...

17:47 24 Avgust 2020
Senatorlar talabaning murojaatini nazoratga olishdi

Yaqinda Jizzax davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talaba Islombek Poʻlatov ijtimoiy tarmoqlar orqali oliy taʼlim tizimidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan bir qator idoralar, shu jumladan, Oliy Majlis Senatiga videomurojaat yoʻllagan edi.

17:44 24 Avgust 2020
“Tashkent Central Park” koʻp tarmoqli kompleksi qurilishi uchun soliq va bojxona imtiyozlari beriladimi? — Qoʻmita bunga nima deydi?

Normativ-xuquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashkent Central Park» koʻp tarmoqli majmuasi qurilishi boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga taqdim etilgan.

17:34 24 Avgust 2020
Oliy taʼlim ham oʻz aravasini oʻzi tortadigan payt keldi

Fraksiyamiz yigʻilishida nechta oliy taʼlim muassasalari oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgani hamda ularga yuqoridagi soliq imtiyozining qoʻllanilishi natijasida qancha mablagʻlar oliy taʼlim muassasalari ixtiyorida qolgani, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani kabi...

17:24 24 Avgust 2020
Gaz yoʻq, ammo qarz bor...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining videokonferens aloqa tarzidagi yigʻilishi davom etmoqda. Fraksiya aʼzolari «Oʻztransgaz» AJning tabiiy gazdan boʻlgan debitor qarzdorligi masalasini muhokama qilishmoqda. Taʼkidlash kerak, joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, «Oʻztransgaz» AJ...

17:22 24 Avgust 2020
Kim Chin In komaga tushgan, davlat boshqaruvi singlisiga oʻtgan — OAV

KXDR yetakchisi Kim Chen In komaga tushib qolgan, hozirda mamlakatni uning singlisi Kim Ye Chen boshqarmoqda. Bu haqda New York Post gazetasi Janubiy Koreya sobiq prezidentining yordamchisining bayonotiga tayanib xabar berdi.

17:21 24 Avgust 2020
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlarning 90 foizi sogʻaydi

Yangi kasallanish holatlarining 81 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

17:13 24 Avgust 2020
Pandemiya davrida ajrimlar soni kamaydi. Karantindan soʻng keskin ortib ketishi mumkinmi?

Qirq kunlik kuyov ajrimga ariza berdi. Sudga kelinda turli ruhiy oʻzgarishlar tez-tez kuzatilayotganligi sababli ajrashmoqchiligini bildirdi. Nikohdan avvalgi tibbiy koʻrik natijalarida kelinda ruhiy kasalliklar aniqlanmagani koʻrsatilgan. Aslida esa qizning ruhiyatida oʻzgarishlar boʻlib turishini nafaqat ota-onasi, balki shifokorlar ham bilgan. Qayta...

17:08 24 Avgust 2020
DTM: “Test sinovlari uchun toʻlovni amalga oshirish, test topshirish hududini oʻzgartirish imkoniyati mavjud emas”

Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan, ammo ayrim sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etish uchun toʻlovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlarga 13-avgustdan 16-avgustga qadar toʻlovni amalga oshirish uchun qoʻshimcha imkoniyat berildi.

16:25 24 Avgust 2020
Koson tumanida “Isteʼmolchilar uyi” foydalanishga topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasini Prezidentining 2018-yil 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilishdagi roli va ahamiyatini yangi bosqichga koʻtardi. Ushbu tarixiy farmon asosida yaratilayotgan keng imkoniyatlar sabab,...

16:17 24 Avgust 2020
Bulungʻurda ijtimoiy himoya: 10 ta bepul uy, kambagʻal oilalarga 100 ta issiqxona qurilmoqda

Shuningdek, tumanda kambagʻal oilalar uchun birdaniga 100 ta issiqxona qurilmoqda. Tumandagi Qoʻngʻirot mahallasi hududidan ilgari foydalanilmay kelingan 2,5 gektar yer maydonida 100 ta issiqxona qurilishi ishlari boshlandi. Yengil konstruksiyali ushbu issiqxonalar shu hududdagi Zarafshon, Gulobod mahallalaridagi kam taʼminlangan oilalarga qurib...

16:04 24 Avgust 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер