JSST portfelida koronavirusga qarshi 9 ta vaksina mavjud. Emlash dasturiga 172 mamlakat qoʻshildi

18:03 24 Avgust 2020 Dunyo
1010 0

Illyustrativ surat

Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinani ishlab chiqish va tarqatish boʻyicha COVAX xalqaro mexanizmiga 172 mamlakat qoʻshilgan.

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus aytib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, tashkilot barcha vaksina ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi va ayni paytda portfelda toʻqqizta preparat mavjud.

Ushbu mexanizm barcha aʼzo mamlakatlarning litsenziyalangan va tasdiqlangan vaksinalardan teng foydalanishni taʼminlashga qaratilgan.

Gebreyesusning eslatishicha, hamkorlikka kirish soʻrovi bilan xatlar oʻtgan haftada barcha mamlakatlarga yuborilgan.

Avvalroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyesus koronavirus vaksinasi mamlakatlar oʻrtasida teng taqsimlanishi kerakligini aytib, bu masalada millatchilikka yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер