Gaz yoʻq, ammo qarz bor...

17:22 24 Avgust 2020 Siyosat
1392 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining videokonferens aloqa tarzidagi yigʻilishi davom etmoqda. Fraksiya aʼzolari «Oʻztransgaz» AJning tabiiy gazdan boʻlgan debitor qarzdorligi masalasini muhokama qilishmoqda. Taʼkidlash kerak, joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, «Oʻztransgaz» AJ ning tabiiy gazdan boʻlgan debitor qarzdorligi 9,3 trln. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2020-yilning 1-iyul holatiga debitor qarzdorlik yil boshiga nisbatan 15,1 foizga oshib 10,7 trln. soʻmni tashkil etdi, shundan 1,7 trln. soʻm “IES” AJ muassasasi (yil boshiga nisbatan 15,3 % ga kamaygan), 6,5 trln.soʻm aholi (15 % ga oʻsgan) va 1,7 trln. soʻm (41,9 % ga oʻsgan) issiqlik taʼminoti korxonalari hissasiga toʻgʻri kelganligi keltirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari” AJ ning yil boshiga elektr energiyasidan debitor qarzdorligi 2,6 trln. soʻmni tashkil qilib, shundan aholi qarzdorligi 1,8 trln. soʻmga teng boʻlgan. Oʻtgan 6 oy davomida yana 11,0 trln. soʻm qiymatdagi 26,7 mlrd. KVt elektr energiyasi yetkazib berildi va ushbu mablagʻlarning 10,2 trln. soʻmi toʻlandi. 2020-yil 1-iyul holatiga debitor qarzdorlik 3,2 trln. soʻmni tashkil etib, ushbu qarzdorlikning 2,2 trln. soʻmi (yil boshiga nisbatan 19,4 % ga oʻsib) aholi hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tabiiy gaz va elektr energiyasidan debitor qarzdorlikning keskin oshib ketishiga olib kelgan muammolarni hal qilish hamda mazkur mablagʻlarni undirish boʻyicha aniq va samarali chor-tadbirlar ishlab chiqilganmi? Aholi oʻrtasida uzoq yillardan beri xonadonlarga, ayniqsa, kuz- qish mavsumida gaz yetkazib berilmayotganligi boʻyicha muammolar doimiy ravishda koʻtarilib kelinayotganligiga qaramasdan, aholining tabiiy gazdan qarzdorligi 6,5 trln.soʻmni tashkil etganligini qanday tushunish mumkin? Ushbu qarzdorlikning qancha qismi ortiqcha qarzdorlikni tashkil etishini oʻrganib chiqilganmi? Bu raqam oʻrtacha har bir xonadonning deyarli million soʻmdan qarzdor ekanligi bilan bir xil-ku? Shuncha qarzdorliklar paydo boʻlgancha mutasaddi tashkilotlar nima choralar koʻrishgan? Umuman shu kabi katta miqdordagi debitor qarzdorliklar qaysi omillar hisobiga vujudga kelmoqda? Bu kabi yirik qarzdorliklar kelib chiqmaslik uchun kelgusida qanday aniq choralar yoki yoʻl xaritalari ishlab chiqilgan?

Yuqoridagi kabi tugʻilgan haqli savollar yuzasidan muntazam parlament va deputatlik nazoratini olib borilishi zarur.

Botir MARDAYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzLiDeP fraksiyasi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер