Kim Chin In komaga tushgan, davlat boshqaruvi singlisiga oʻtgan — OAV

17:21 24 Avgust 2020 Dunyo
1540 0

KXDR yetakchisi Kim Chen In komaga tushib qolgan, hozirda mamlakatni uning singlisi Kim Ye Chen boshqarmoqda. Bu haqda New York Post gazetasi Janubiy Koreya sobiq prezidentining yordamchisining bayonotiga tayanib xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, rasmiyning bayonoti haqida Janubiy Koreya razvedkachilari maʼlumot bergan.

Taʼkidlanishicha, Kim Chen In bu yil bir necha marotaba ommaviy axborot vositalarida yurak jarrohligini boshdan oʻtkazganini takrorlagan.

Eslatib oʻtamiz, shu yil Shimoliy Koreyaning rahbari bobosi Kim Ir Sungni sharaflash marosimida qatnasha olmagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер