All

Navoiyda koʻtarma kran qulab tushdi

Bugun soat 16:00larda Navoiy shahri Yoshlik mahallasida «Shohjahon shamshiri» MCHJ tomonidan koʻp qavatli uylar qurilishida jalb etilgan kran qulab tushgan. Bu haqda Navoiy shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

17:48 26 Yanvar 2021
Oʻzbekistondagi 1113 ta aholi yashash punktiga umuman avtotransport qatnovi tashkil qilinmagan

Mavjud avtotransport qatnovining sifati, undan aholining foydalanish darajasi, umuman avtotrnasport qatnashi tashkil qilinmagan aholi yashash punktlarini aniqlash maqsadida mahallabay kesimida oʻrganish uchun ishchi guruhlar tuzilgan. Ishchi guruhlar viloyat hokimi oʻrinbosari boshchiligida tuzilgan boʻlib, unga barcha turdosh tashkilotlar jalb qilingan.

17:45 26 Yanvar 2021
Buxoroda 690 ishchi-xodimning 4 milliard 52 million soʻmdan ziyod ish haqi undirib berildi

— Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egaligi koʻrsatilgan, — deydi Majburiy ijro byurosi Olot tuman boʻlimi davlat ijrochisi Anvar Yoʻldoshev. — Mehnat...

17:36 26 Yanvar 2021
“Turizmni Rivojlantirish” Assotsiatsiyasi tashkil etildi va unga rais tayinlandi

Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish, mehmonxonalar faoliyatini keng koʻlamda yoʻlga qoʻyish uchun qulay shart-sharoit yaratishga koʻmaklashish va turizm muhitini takomillashtirishga yordam berish maqsadida “Turizmni rivojlantirish” Assotsiatsiyasi tuzildi

17:12 26 Yanvar 2021
Viloyat hokimi tashrifidan soʻng andijonlik jurnalistlar Prezidentga murojaat qilishdi. Ular nimadan xavotirlanishdi? 

Biroq tahririyat xodimlarining xavotiriga oʻrin yoʻq. Tahririyat uchun Andijon shahri markazida barcha qulaylik va sharoitlarga ega, zamonaviy bino qurib bitkazilib, tahririyat koʻchirib oʻtkazilgandan soʻng qurilish ishlari amalga oshiriladi» deya maʼlum qilgan matbuot xizmati.

17:02 26 Yanvar 2021
“Samarqand”  tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti yangidan ish boshladi

Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish, bojxona organlari faoliyatini yana-da takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, “qogʻozsiz va elektron bojxona”ning mantiqiy davomi va rivojlanishi boʻlgan “raqamli bojxonani” shakllantirish bugun tizim oldidagi eng katta vazifalar hisoblanadi.

16:48 26 Yanvar 2021
“Xalq banki”da imtiyozli kredit mablagʻlari talon-toroj qilingan

Piskent va Yunusobod tumanlarida imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

16:42 26 Yanvar 2021
Samarqandda fuqaroni Qirgʻizistondagi universitetga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan talaba ushlandi

Samarqand tumanida fuqaroni Qirgʻiziston Respublikasi universitetiga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan talaba ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

16:26 26 Yanvar 2021
Pandemiya dunyoda olmosga boʻlgan talabni oshirdi

Pandemiya davrida dunyoda olmosga boʻlgan talab oshdi, deb xabar bermoqda «Известия» telekanali.

16:23 26 Yanvar 2021
Shahrisabzda qalbaki aroq ishlab chiqaruvchi sex aniqlandi

Shahrisabz shahrida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

16:11 26 Yanvar 2021
Hindistonda TikTok va yana 58 ta Xitoy dasturi abadiy bloklandi

Hindiston hukumati TikTok ijtimoiy tarmogʻi va yana 58 ta Xitoy dasturini milliy suverenitetga tahdid hisoblab, doimiy ravishda blokladi. Bu haqda Hindistonning “ Economic Times” nashri xabar bermoqda.

16:05 26 Yanvar 2021
Kafe va restoranlarga qoʻyilgan karantin cheklovlaridan biri bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Respublika maxsus komissiyasining umumiy ovqatlanish korxonalari va koʻngilochar obyektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha boʻlgan davrida faoliyat yuritishi bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar bekor qilinib, Vazirlar Mahkamasining “Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va...

15:58 26 Yanvar 2021
2021-yilda 1-sinfga qaysi yilda tugʻilgan bolalar qabul qilinadi?

Oʻzbekiston Respublikasi 2020-yil 23-sentyabrdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri 9-moddasiga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan

15:49 26 Yanvar 2021
Oʻzbekistonda ayrim qoidalarga amal qilgan holda konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishga ruxsat berildi

2020-yilning noyabr oyidan boshlab mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat biroz boʻlsada barqarorlashganligi munosabati bilan bosqichma-bosqich joriy etilgan karantin cheklovlar bekor qilinib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalar faoliyati tiklandi.

15:48 26 Yanvar 2021
Xitoylik erkak oʻlgan xotinini tiriltirish umidida 50 yilga muzlatib qoʻydi

Xitoyning Shandun provinsiyasi fuqarosi kelajakda tiriltirish umidida oʻpka saratonidan vafot etgan rafiqasi jasadini muzlatib qoʻydi. Bu haqda “Mothership” xabar bermoqda.

15:40 26 Yanvar 2021
BMT koronavirus tufayli oʻlim darajasi oshishidan ogohlantirmoqda

Koronavirusga qarshi vaksinalarni tarqatilishini kechikishi oqibatida COVID-19 mutatsiyalari tufayli oʻlim darajasi koʻpayishi mumkin.

15:33 26 Yanvar 2021
Markaziy bank raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Abrorxoʻja Akbarovich Turdaliyev Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining oʻrinbosari etib tayinlandi

15:31 26 Yanvar 2021
Oʻzbekistonda qancha qoʻy va echki boqilmoqda?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda 22,5 mln. bosh qoʻy va echkilar mavjud. Bu oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganda 591,7 ming boshga koʻp.

15:29 26 Yanvar 2021
Oʻzbekistonda qancha parranda boqilayotgani maʼlum boʻldi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda 90,1 mln. bosh parrandalar mavjud. Bu oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganda 2,3 mln. boshga koʻp.

15:24 26 Yanvar 2021
2020-yilda Oʻzbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2019-yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga oʻsdi.

15:21 26 Yanvar 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер