BMT koronavirus tufayli oʻlim darajasi oshishidan ogohlantirmoqda

15:33 26 Yanvar 2021 Dunyo
912 0

Koronavirusga qarshi vaksinalarni tarqatilishini kechikishi oqibatida COVID-19 mutatsiyalari tufayli oʻlim darajasi koʻpayishi mumkin.

Xuddi shunday ogohlantirish bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Antoniu Guterrish chiqdi.

“Mavjud vaksinalar virusning mutatsiyaga uchrashi mumkin boʻlgan yuqumli va xavfli variantlariga chidamli boʻlishi mumkin”, deydi Guterresh.

Shu bois Bosh kotib dunyo boʻylab vaksinalar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga, shuningdek, ular bilan adolatli taqsimlashga chaqirmoqda.

Uning taʼkidlashicha, vaksinalar yuqori daromadli mamlakatlarda tezda paydo boʻlmoqda, va aksincha, qashshoq davlatlarga ular yetib bormayapti.

“Boy davlatlar faqat oʻz fuqarolarini emlash orqali xavfsiz boʻlamiz deb oʻylayotgan boʻlsa, ular xato qilmoqda”, deya xulosa qiladi Guterrish.

Yanvar oyi boshida Guterrish boy mamlakatlarni “vaksinaning millatchiligi”da ayblagan edi. Uning soʻzlariga koʻra, vaksinalar sotib olish uchun kurashda bunday davlatlar kam rivojlangan mamlakatlarning ehtiyojlarini inobatga olmagan. Uning qayd etishicha, pandemiya xalqaro hamkorlikdagi muammolarni ochib tashadi. Koronavirusning tarqalishi eng kam himoyalangan ijtimoiy guruhlarga “nomutanosib va dahshatli” taʼsir koʻrsatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер