2020-yilda Oʻzbekiston YAIMining hajmi 1,6 foizga oshdi

15:21 26 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
2707 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 580 203,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2019-yil bilan taqqoslaganda 1,6 % ga oʻsdi.

2020-yilda aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 16 949,1 ming soʻmni (yoki 1 685,5 AQSH dollari ekvivalentida) tashkil etdi.

2020-yil yakuni boʻyicha YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341 467,5 mlrd. soʻm, xizmat koʻrsatish sohasida 194 363,5 mlrd. soʻm miqdorida yalpi qoʻshilgan qiymat yaratildi. Mahsulotlarga sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер