Pandemiya dunyoda olmosga boʻlgan talabni oshirdi
Pandemiya davrida dunyoda olmosga boʻlgan talab oshdi, deb xabar bermoqda «Известия» telekanali.
2020-yilgacha odamlar pullarining koʻp miqdorini sayohat va restoranlarga sarflagan. Karantin cheklovlari isteʼmolchilarning xohish-istaklarini oʻzgartirdi. Taʼkidlanishicha, olmos chiqarish va sotish boʻyicha yirik xalqaro tashkilot boʻlgan “De Beers” narxlarini 5 foizga oshirgan boʻlsa ham, olmosga talab pasaymadi.
Maʼlumotlarga koʻra, kompaniya olmos yetkazib berish boʻyicha 600 million dollarlik shartnoma imzolamoqchi. Bitim soʻnggi uch yil ichida sohadagi eng yirik kelishuv boʻlishi mumkin.
Bozorning baʼzi ishtirokchilari taʼkidlashicha, COVID-19ga qarshi ommaviy emlash olmosga boʻlgan talabning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, “De Beers” - tabiiy olmoslarni qazib olish, qayta ishlash va sotish bilan shugʻullanadigan xalqaro korporatsiya. U 1888-yilda hozirgi Janubiy Afrikada tashkil etilgan. Reklama shiori: “Olmoslar abadiydir”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring