“Xalq banki”da imtiyozli kredit mablagʻlari talon-toroj qilingan

16:42 26 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
1471 0

Piskent va Yunusobod tumanlarida imtiyozli kredit mablagʻlarini talon-toroj qilish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Piskent filiali boshqaruvchisi sobiq oʻrinbosari D.O. va boshqalar 37 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomidan hujjatlarni qalbakilashtirib, 278,8 mln soʻm isteʼmol krediti mablagʻini rasmiylashtirib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.» oilaviy korxonasi rahbari X.Q. “M.» MCHJ rahbari bilan oldindan til biriktirib, AT “Xalq banki” Uchtepa filialidan goʻzallik salonini jihozlash uchun oilaviy korxonaga ajratilgan 150 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini soxta hujjatlarni taqdim qilish orqali “M.» MCHJga oʻtkazib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi, 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер