All

Shundagina Yaratgan bizdan rozi boʻladi – Shavkat Mirziyoyev ayollarni baxtli qilish haqida

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanli tadbir davom etmoqda.

12:30 06 Mart 2021
Oʻzbekistonda erkaklar soni ayollardan ancha koʻp — Statqoʻm

2021-yil 6-mart holatiga respublikamizdagi ayollar soni 17 235 889 nafarga yetdi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi xabar berdi.

12:27 06 Mart 2021
Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ikkinchi kuni omadli boshlandi

Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari oʻzbekistonlik dzyudochilar uchun omadli boshlandi. Bir vaqtning oʻzida ikkita tatamida ikki dzyudochimiz kuchli raqiblariga qarshi bahs olib borishdi.

12:24 06 Mart 2021
Korrupsiya taʼlim sifatiga taʼsir qilayotgan asosiy muammolardan biri ekanligi aytildi

Maʼlumki, Prezidentimiz Oliy Majlis qilgan Murojaatnomasida korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz boʻlish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shartligi, bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarurligini taʼkidlab oʻtgan...

12:15 06 Mart 2021
Soʻnggi 10 yillikda qayd etilgan ajrimlar soni maʼlum qilindi

2020-yilda respublikamizning shahar aholisi bilan 17 335 ta va qishloq aholisi bilan 10 898 ta ajrimlar qayd etilgan.

12:06 06 Mart 2021
Oʻzbekiston xotin-qizlariga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman — Prezident

Ayni daqiqalarda poytaxtdagi “Kongress-holl”da 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtyapti. Unda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

11:45 06 Mart 2021
“GAI” xodimlari yoʻllarda gul sovgʻa qilishmoqda

Shu kunlarda Andijon viloyati hududlaridagi yoʻllarda qoʻlida bir dasta gul bilan YHXB xodimini koʻrsangiz sira ajablanmang. Chunki, ular xotin-qizlardan iborat haydovchi va yoʻlovchilarning kayfiyatini koʻtarish, bayramona tabassum hadya etish maqsadida ana shunday tashabbusga qoʻl urganlar.

11:12 06 Mart 2021
Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri: ikkinchi kunga start berildi

Poytaxtimizdagi “Humo Arena” sport saroyida boʻlib oʻtayotgan dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari ham qizgʻin va murosasiz kurashlar ostida oʻtmoqda. Ushbu jarayonlar fotomuxbirimiz Hasan Paydoyev tomonidan obyektivga muhrlanmoqda. 

10:34 06 Mart 2021
Fuqarolarga ish staji toʻliq boʻlmaganida pensiya qanday tayinlanadi?

Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasini “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajiga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

23:51 05 Mart 2021
6 nafar yosh olim 400 mln soʻmlik mukofotni qoʻlga kiritdi

5-mart kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida Scopus maʼlumotlar bazasidagi 4 ta fan – matematika, geologiya, biologiya va kimyo yoʻnalishlari boʻyicha eng yuqori Xirsh indeksiga ega yosh olimlarni mukofotlash marosimi oʻtkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi...

23:45 05 Mart 2021
DXXga ishga kirgizib qoʻyish uchun 5000 dollar talab qilgan shaxs daliliy ashyolar bilan ushlandi

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro X.N. viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qiladi. Arizasida, oʻzini E.N. “DXX Toshkent shahar boshqarmasi kadrlar boʻlimi boshligʻi” deb tanishtirgan shaxs oʻgʻlini DXX harbiy qismlaridan biriga ishga kiritib qoʻyishi uchun 5 000 AQSH...

22:59 05 Mart 2021
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tubdan takomillashtiriladi

Taʼkidlanganidek, qonun loyihasini maromiga yetkazishda tadbirkorlar, vakolatli davlat organlari vakillari, milliy va xorijiy ekspertlar, jamoatchilik fikr-mulohazalari asosida pishiq-puxta holatga keltirildi.

22:53 05 Mart 2021
Tomoshabin teatrga emas, teatr tomoshabinga!

Oʻtgan yili kuzda Sayxunobod tumani bolalar musiqa va sanʼat maktabida boʻlib oʻtgan Nurilla Abbosxonning “Inson oʻzing” spektakli namoyishida tomoshabin koʻpligidan qoʻshimcha joylar qilishga toʻgʻri keldi. Hatto uni tik turib koʻrganlar ham boʻldi.

22:49 05 Mart 2021
Har bir ayol eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan chetda emas

Xotin-qizlarning jamiyatda, oilada mustahkam oʻringa ega boʻlishini taʼminlash borasida soʻnggi yillarda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, opa-singillarimiz salomatligini saqlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti.

22:47 05 Mart 2021
Navoiyda 400 nafardan ortiq shaxmatchi bahslashgan ochiq xotira turniri gʻoliblari aniqlandi

“Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi mazkur ochiq turnir Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʻlimi boshqaruvi tashabbusi bilan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat shaxmat federatsiyasi va “Tinchlik” kompaniyasi homiyligida tashkil etildi.

21:33 05 Mart 2021
Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi “Eng yaxshi aeroport – 2020” tanlovi gʻolibi boʻldi

Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar berdi.

20:30 05 Mart 2021
“Katta Dubulgʻa” turnirining ilk kunida oʻzbekistonlik ikki dzyudochi medallarni qoʻlga kiritdi

Shu kunlarda Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda.

19:40 05 Mart 2021
Oʻzbekistonda harbiylar oʻrtasida “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” musobaqasi oʻtkaziladi. Gʻolib jamoaga sovrinni Prezident topshiradi

2021-yildan eʼtiboran har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” musobaqasini oʻtkazilishi kutilmoqda. Mazkur musobaqani oʻtkazishga doir Prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

19:30 05 Mart 2021
Davlat dasturining 8 ta bandi ijrosi taʼminlangan

“Yuksalish” umummilliy harakatining maʼlum qilishicha, “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 8 ta bandi ijrosi taʼminlangan. Shundan, 5 ta band muddatidan avval bajarilgan.

18:55 05 Mart 2021
Bolalardagi gematologik va onkologik kasalliklarni davolash uchun zarur dori vositalari bilan taʼminlash ikki barobarga oshiriladi

Hukumatning Oʻzbekistonda bolalar gematologiya va onkologiyasi sohasini rivojlantirishga doir qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

18:46 05 Mart 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер