Oʻzbekistonda harbiylar oʻrtasida “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” musobaqasi oʻtkaziladi. Gʻolib jamoaga sovrinni Prezident topshiradi
2021-yildan eʼtiboran har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Amir Temur jangovar bayrogʻi uchun” musobaqasini oʻtkazilishi kutilmoqda. Mazkur musobaqani oʻtkazishga doir Prezident qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Musobaqa Mudofaa vazirligi harbiy okruglar (birlashmalar) oʻrtasida oʻtkaziladi.
Musobaqa quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
jangovar-xizmat faoliyati;
professional tayyorgarlik;
axloqiy-ruhiy tayyorgarlik;
milliy sport turlari;
milliy qadriyatlar.
Musobaqa har yili ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Musobaqaning yakuniy bosqichi gʻolibi boʻlgan harbiy okrug (birlashma)ga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni tomonidan 14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni bayrami arafasida “Amir Temur jangovar bayrogʻi” tantanali ravishda topshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring