“GAI” xodimlari yoʻllarda gul sovgʻa qilishmoqda

11:12 06 Mart 2021 Jamiyat
1131 0

Shu kunlarda Andijon viloyati hududlaridagi yoʻllarda qoʻlida bir dasta gul bilan YHXB xodimini koʻrsangiz sira ajablanmang. Chunki, ular xotin-qizlardan iborat haydovchi va yoʻlovchilarning kayfiyatini koʻtarish, bayramona tabassum hadya etish maqsadida ana shunday tashabbusga qoʻl urganlar.

— Har qanday odam yoʻlga chiqqanda hushyor tortadi,-deydi haydovchi Sanobar Fozilova. — Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarini koʻrganda biror xatoga yoʻl qoʻymadimmikin, degan xavotirga tushamiz. Biroq, bu galgi yoʻqlovdan boshimiz osmonga yetdi.

— Andijonga oʻgʻlimnikiga ketayotgandim,-deydi “Jalaquduq — Andijon” yoʻnalishidagi «Damas» avtomashinasi yoʻlovchisi Hayotxon Ahmedova. — Ichki ishlar xodimlarining gul hadya qilishi haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.

Opalarimiz, singillarimizni baxtiyor qilish uchun koʻp narsa kerakmas, ozgina eʼtibor, bir hovuch mehr boʻlsa kifoya! Ana shu bir chimdim eʼtirofdan ular bir dunyo baxt yasab bera olishga qodir! Shunday ekan, atrofimizdagi xotin-qizlarga mehr hadya qilishda davom etaylik.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер