All

Andijonda 17 yoshli yigitni plastik kartasiga qariyb 5 mln pul oʻtkazsa naqd shaklda berishini aytib aldagan fuqaro qoʻlga tushdi

Andijon viloyatida 2021-yilning 21-mart kuni nomaʼlum shaxs oʻzining boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasida Andijon tumani Noʻxatak MFY., hududida joylashgan “Paynet” shahobchasiga kelib, u yerda ishlovchi 17 yoshli Xabibullo Q.,ga 8600********0068 raqamli plastik kartasiga 4 600 000 soʻm pul oʻtkazib bersa, naqd...

11:25 30 Mart 2021
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yangi rais tayinlandi

Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov Prezidentning tegishli qarori bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

10:32 30 Mart 2021
Buxoroda binoning bir qismi quladi. Bunga nima sabab boʻldi?

Kecha bir qator ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahri 5-mavzeda qad rostlagan binoning bir qismi qulab tushgani haqida xabarlar tarqadi. Shahar hokimligi rasmiy sayti bu noxush holat yuzasidan mutasaddilar, tegishli idoralar masʼullari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilayotgani, oʻrganish yakunlari boʻyicha batafsil axborot...

09:50 30 Mart 2021
Noqonuniy harakatlardan tiyilish zarur

Globallashuv jarayoni jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda axborot xurujlari tobora avj olmoqda. Bitta voqeani sunʼiy uyushtirish vositasida boshqa voqealarni yuzaga keltirish holatlari kuzatilyapti.

08:57 30 Mart 2021
Parlament komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2021-yil 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining videokonferensaloqa tarzida yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

08:55 30 Mart 2021
Dunyo boʻyicha qancha doza "COVID-19"ga qarshi vaksina ishlatilgani maʼlum boʻldi

Dunyo boʻylab 552 million dozadan ortiq “COVID-19”ga qarshi vaksinalari ishlatilgan.

02:35 30 Mart 2021
Jo Bayden Kim Chen In bilan uchrashishdan bosh tortdi

AQSH prezidenti Jo Bayden Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) rahbari Kim Chen In bilan shaxsan uchrashishdan bosh tortdi. 

02:10 30 Mart 2021
Turkiya yana komendantlik soatiga qaytmoqda. Mamlakatning 58 viloyatida vaziyat ogʻirlashgan

Turkiyaning aksariyat hududlarida dam olish kunlari komendantlik soati yana qayta tiklanadi. 

01:54 30 Mart 2021
Germaniya mamlakatga kirish uchun talablarni kuchaytirdi

Yangi tartibga koʻra samolyotga chiqishdan oldin barcha yoʻlovchilar parvozdan 48 soat oldin koronavirusga topshirgan testining natijasini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi shart.

01:21 30 Mart 2021
Soʻz erkinligi xalq tanazzuliga xizmat qilmasligi kerak

Soʻnggi kunlarda Toshkentda yuz bergan voqealar har bir fuqaroni beeʼtibor qoldirmagani aniq. Albatta, qadimiy milliy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiya topib kelgan xalqimiz inson maʼnaviyatiga yot gʻoyalar targʻibotiga toqat qilolmaydi.

23:28 29 Mart 2021
Huquqning ham gʻururi bor yoxud aniq yoʻldan chalgʻimaylik

Soʻnggi yillarda Yevropadan kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat” va uning yoshlar oʻrtasida keng tarqalayotgani tez-tez tilga olinar, mentalitetimizga yod boʻlgan bu kabi holatlar tan-jonimizga urchib ketmasligi uchun maʼrifiy-maʼnaviy choralar bilan oldini olishga harakat qilinardi. Eng eʼtiborlisi, oʻzligimizni saqlash maqsadida yoshlarning oʻzi...

23:19 29 Mart 2021
Parlament axborot markazi tashkil etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida Qonunchilik palatasi qoshida Parlament axborot markazi tashkil etildi.

23:14 29 Mart 2021
114 yoshli onaxon haliyam 70 yoshli farzandini soat 5-00 da uygʻotadi...

Kitob tumanining togʻlarga tutash Yangiobod qishlogʻida yashovchi 114 yoshga kirgan Gulbibi momo Boymatova yolgʻiz farzandi – 70 yoshni qarshilagan Abdigʻani Ashurovni har kuni tongda “tur bolam, ishdan kech qolasan” deb uygʻotishni kanda qilmaydi.

23:05 29 Mart 2021
Namanganda viloyat hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Namanganda viloyat hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi.

22:43 29 Mart 2021
Oʻzbekistonda birinchi marotaba maktab oʻquvchilari quroldan oʻq otishdi

Poligonda oʻtkazilgan mashgʻulotlarga 300 nafarga yaqin Nukus shahridagi yuqori sinf oʻquvchilari hamda profilaktik hisobda turuvchi yoshlar jalb etildi.

22:05 29 Mart 2021
Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi parlamentlararo aloqalar yana-da rivojlanadi

2021-yil 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Moʻgʻuliston bilan aloqalar boʻyicha delegatsiyasi raisi Fulvio Martushello bilan uchrashdi.

21:44 29 Mart 2021
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy kengashning norasmiy sammitida ishtirok etadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) videoanjuman shaklida oʻtadigan norasmiy sammitida ishtirok etadi

21:41 29 Mart 2021
Telefonida diniy mazmundagi taʼqiqlangan materiallarni saqlab kelgan 25 yoshli yigit ushlandi

Joriy yilning 18-fevral kuni «Novosibirsk-Toshkent» yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1996-yilda tugʻilgan Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumanida roʻyxatda turuvchi X.R. bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbat davomida u Rossiya Federatsiyasida ishlashi davomida «Xizbut-tahrir» terrorchilik tashkilotining taʼsiriga tushganligi maʼlum boʻldi. 

21:38 29 Mart 2021
Er va xotinga nisbatan “shantaj” qilgan voyaga yetmagan qiz qoʻlga olindi

2021-yilning 25-mart kuni Bekobod shahar IIB boshligʻi nomiga fuqaro 36 yoshli Muhammadorif G. ariza bilan murojaat qilib, turmush oʻrtogʻining muqaddam foydalangan abonent raqamidan nomaʼlum ayol qoʻngʻiroq qilib, turmush oʻrtogʻi Shahlo V. bilan unga tegishli sir saqlanishi lozim boʻlgan oʻzaro surat...

21:27 29 Mart 2021
Professional taʼlim tizimida dual taʼlim tashkil etiladi

“Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari haqida”gi Hukumat qarori qabul qilindi

21:21 29 Mart 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер