All

Koronavirusning «Omikron» shtammi Oʻzbekiston chegarasiga yetib keldi

Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusning «Omikron» shtammi bilan 8 ta zararlanish holati aniqlanganini maʼlum qildi.

21:06 06 Yanvar 2022
Shoir Bobur Bobomurod oʻz mualliflik huquqini talab qilib Farhod va Shirinni sudga berdi

Murojaatda keltirilgan holatlarni oʻrganish jarayonida fuqarolar S. F. hamda Z. Sh. tomonidan muallif B. Bobomurodovga tegishli boʻlgan “Qalbim bahori”, “Hayot” nomli sheʼriy asarlarni muallif bilan hech qanday shartnoma tuzilmasdan huquq egasining ruxsatisiz barchaning eʼtiboriga yetkazilganligi va omma oldida ijro etilganligi...

20:18 06 Yanvar 2022
Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozogʻistonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar

6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

19:56 06 Yanvar 2022
Toshkent viloyatida 454 ta korxonaning hisob raqamiga 671 milliard soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarildi

Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan norasmiy xodimlarni va haqiqatda toʻlanayotgan ish haqqi jamgʻarmasini legallashtirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha harakatlar rejasi tasdiqlangan.

19:45 06 Yanvar 2022
Odamlarni qaysi yoʻnalishdagi muammolar koʻproq bezovta qilmoqda?

Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, hayotimizga tatbiq etilayotgan yangiliklar xalqimizning tinchligi va farovonligi, yurt taraqqiyotini taʼminlashni koʻzda tutadi.

19:40 06 Yanvar 2022
Dengiz sathidan 1 820 metr balandlikda, qor ustida polo musobaqasi tashkil etiladi

Oʻzbekiston polo federatsiyasi tomonidan 2022-yil 9-yanvar kuni Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida “Amirsoy Polo Cup-2022” musobaqasi tashkil etiladi.

18:43 06 Yanvar 2022
“Uzbekistan Airways” AJ Olmaota va Aktobe va Oqtovga parvozlar bekor qilinganini maʼlum qildi

Olmaota va Aktobe, Oqtovga bekor boʻlgan parvozlar yoʻlovchilari aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egaligi maʼlum qilingan.

18:06 06 Yanvar 2022
Xorijga chiqish biometrik pasportini “my.gov.uz” orqali olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (5-son, 05.01.2022-y.) bilan Fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

17:55 06 Yanvar 2022
Himoyaga muhtoj bolalarning reintegratsiya masalasi muhokama qilindi

2022-yil 6-yanvar kuni Oliy Majlis Senati hamda YUNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) bilan hamkorlikda «Bolalarni respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish va ular reintegratsiyasining dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

17:48 06 Yanvar 2022
Sirdaryodagi oila farzandlari biryoʻla 3 nafarga koʻpaydi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi Anorzor mahallasida yashayotgan Maftuna va Shuhrat Toshpoʻlatovlar bir qiz farzanddan soʻng birvarakayiga 3 nafar egizakning ota-onasi boʻlishdi.

17:11 06 Yanvar 2022
Talabalar va oʻquvchilar temir yoʻl chiptalarini kassalarga borib almashtirib olishlari mumkin

2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

17:11 06 Yanvar 2022
Suv koʻp-u, nega baliq kam?

Mamlakatimizning okeanlar hamda unga tutash dengizlardan yiroqligi aholining baliq hamda baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va omilkorlik bilan ish koʻrishni taqozo etadi.

17:05 06 Yanvar 2022
Fargʻona mahallalarida ish boshlayotgan yoshlar yetakchilari uchun seminar oʻtkazilmoqda

Seminarga Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi vakillari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi shahar va tuman kengashi yetakchilari jalb qilindi.

17:01 06 Yanvar 2022
Qashqadaryolik muallima “Xalqaro toifadagi oʻqituvchi” maqomini qoʻlga kiritdi

— Bu ulkan yutuqni qoʻlga kiritishimda mendan oʻz koʻmagini ayamagan barcha ustozlarimga cheksiz minnatdorligimni bildiraman, — deydi D. Madrahimova.

16:57 06 Yanvar 2022
Buxoroda bogʻcha yoshidagi bolalarning 80 foizi MTTga qamrab olindi

Buxoro viloyati Jondor tumanidagi Boʻribogʻi qishlogʻida joylashgan 22-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi 3 milliard 770 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga kapital rekonstruksiya qilindi.

16:54 06 Yanvar 2022
Samarqand viloyatida yuzlab taksi haydovchilaridan doimiy ravishda pul olib yurgan tovlamachilar guruhi fosh etildi

Aniqlanishicha, mazkur guruh yoʻlovchi tashish bilan shugʻullangan oʻnlab haydovchilardan litsenziyasi boʻlmagani uchun, shuningdek, yuzga yaqin taksi haydovchisidan yoʻlovchi tashish korxonasiga toʻlov bahonasi bilan har kuni 40 ming soʻmdan pul undirib kelgan.

16:46 06 Yanvar 2022
Jahonda koronavirus bilan kasallanish boʻyicha rekord qayd etildi

Dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mutlaq rekord koʻrsatkich qayd etildi. Kecha sayyoramizning 2,6 milliondan ortiq aholisida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.

16:44 06 Yanvar 2022
Sirdaryoda salkam ming kilometrlik elektr tarmogʻi tortildi

Sirdaryo viloyatida 2021-yil davomida 987 kilometr elektr uzatish tarmogʻi qurildi va bunday natija viloyat tarixida birinch marotaba qayd etildi.

16:42 06 Yanvar 2022
Namanganda poyezd bilan Gentra ishtirokidagi YTH sodir boʻldi

Natijada, Gentra rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

16:32 06 Yanvar 2022
Boʻstonliqda kamida 50 gektar maydonga ega kino shahar barpo etiladi

Xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish maqsadida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida kamida 50 gektar maydonga ega kino shahar barpo etish rejalashtirilmoqda.

16:16 06 Yanvar 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер