Jahonda koronavirus bilan kasallanish boʻyicha rekord qayd etildi
Dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mutlaq rekord koʻrsatkich qayd etildi. Kecha sayyoramizning 2,6 milliondan ortiq aholisida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.
Bemorlar sonining maksimal oʻsishi AQSH hissasiga toʻgʻri keldi — 885 mingdan ortiq holat. Yevropaning qator mamlakatlarida ham raqamlar keskin oshib bormoqda.
Masalan, 5-yanvar holatiga koʻra, Fransiyada 322,8 ming, Buyuk Britaniyada 193,8 ming, Italiyada 189 ming kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Roʻyxatga olingan holatlarning asosiy qismini «
Shunga qaramay, mutaxassislar epidemiologik vaziyatning ogʻirligini infeksiyalar soniga emas, balki kasalxonaga yotqizilganlar miqdoriga qarab baholash kerakligini taʼkidlashmoqda.
Chunki «
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti eksperti Abdi Mahmud bu holatni yangi shtamm koronavirusning boshqa variantlari singari oʻpkaga emas, balki faqat yuqori nafas yoʻllariga zarar yetkazishi bilan izohladi. Bu esa bemorlarda kasallik nisbatan yengilroq alomatlar bilan oʻtishini taʼminlayapti.
Profilaktik choralar har qancha kuchaytirilmasin, bu virus turi chegaralarni tan olayotgani yoʻq. Masalan, Gruziyada «
Xitoyda ayni paytda 2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlariga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda. Shunday muhim pallada mamlakatda pandemiyaning yangi toʻlqini avj olsa, hammasi chippakka chiqishi mumkin.
Shu sababli Xitoy hukumati bu kasallikka qarshi juda keskin choralar koʻrishga majbur boʻlmoqda. Misol uchun,
Endi shaharda maʼlum muddat jamoat transportlari qatnovi toʻxtatilgan, shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ham taqiq qoʻyildi. Aholiga zarurat boʻlmasa, uydan chiqmaslik tavsiya etilyapti.
Shunday murakkab vaziyatda Fransiyaning Marsel shahridagi Yuqumli kasalliklar instituti olimlari yana bir xavotirli yangilikni eʼlon qilishdi.
Qayd etilishicha, ikki oycha avval Kamerunda aniqlangan koronavirusning yangi “IHU” — B.1.640.2 shtammi Fransiya boʻylab ham tarqalmoqda. Tadqiqotchilar fikricha, yangi variant 40 dan ortiq mutatsiyani oʻz ichiga olgan. Uning tahdid darajasi hozircha maʼlum emas. Yangi shtamm Fransiya janubi-sharqidagi shaharlarda yashovchi 12 nafar fuqaroda qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring