All
Buning uchun, 15 million dollar jalb qilinadi.
12:25 18 Mart 2022Sogʻliqni saqlash muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash dolzarb masalalardan biridir.
12:22 18 Mart 2022Birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish maqsadida endilikda bunday tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beriladi.
12:22 18 Mart 2022Shuningdek, 2 mingdan ziyod olis va chekka mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etiladi.
12:15 18 Mart 2022Davlatimiz rahbari shifokorlar bilan ochiq muloqotda joylarda tibbiyot sohasi vakillariga, ayniqsa, shoshilinch va tez tibbiy yordam xodimlariga nisbatan kuch ishlatish (tajovuz) holatlari ham uchrab turganini taʼkidlab, bu borada oʻz munosabatini bildirdi.
12:13 18 Mart 2022Murojaatlarni chuqur oʻrganish asosida 7 ta muhim yoʻnalish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
12:12 18 Mart 2022Davlatimiz rahbari ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayonida kelib tushgan murojaatlarni tahlil qildi.
12:05 18 Mart 2022Davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotda sohada amalga oshiriladigan koʻplab istiqbolli chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot bermoqda.
12:04 18 Mart 2022Aminmanki, Oʻzbekiston fuqarolari qonunda, eng avvalo, Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan kafolatli tibbiy yordam turlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.
12:02 18 Mart 2022Ishonchim komil, biz xalqimiz sogʻligʻini saqlash sohasida ulkan maqsad va vazifalarni oldimizga qoʻyayotgan hozirgi sharoitda, ushbu konstitutsiyaviy moddaning oʻzi yetarli emas.
11:58 18 Mart 2022Davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotda tez tibbiyot yordam xizmatini yanada rivojlantirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtdi.
11:56 18 Mart 2022Shu bois, bugun tibbiy taʼlim muassasalari sonini koʻpaytirish, ularda chuqur bilim va malakaga ega kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor berayapmiz.
11:52 18 Mart 2022Davlatimiz rahbari ayni paytda davom etayotgan tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotda tizimdagi “order” berish masalasi haqida toʻxtalib oʻtdi.
11:47 18 Mart 2022Shu bilan birga, “order” uchun mablagʻlar respublika tibbiyot markazlariga bemor kelsa-kelmasa, uning miqdori yetarlimi yoki yoʻqmi, har yili oʻtkazib kelingan.
11:39 18 Mart 2022Davlatimiz rahbarining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etyapti.
11:36 18 Mart 2022Davlatimiz rahbarining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etyapti.
11:25 18 Mart 2022Davlatimiz rahbarining sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtmoqda. Muloqot Xalqaro forumlar saroyida “Tibbiyotdagi islohotlar - inson qadri uchun” mavzusida oʻtkazilmoqda.
11:21 18 Mart 2022Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, mavjud muammolarni hal etish, kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilab olish zarurati xususida toʻxtaldi.
11:12 18 Mart 2022Ayni paytda poytaxtimizdagi Oʻzbekiston xalqaro forumlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazmoqda.
11:02 18 Mart 2022Mazkur tarixiy tadbir Toshkent shahridagi “Oʻzbekiston xalqaro anjumanlar saroyi”da boʻlib oʻtmoqda.
10:26 18 Mart 2022