Buyrak transplantatsiyasi orqali 700 ga yaqin fuqarolarimizning hayoti saqlab qolindi — Shavkat Mirziyoyev

11:12 18 Mart 2022 Siyosat
753 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Poytaxtimizdagi xalqaro forumlar saroyida davlatimiz rahbarining tibbiyot sohasi vakillari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Prezidentimiz sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga, mavjud muammolarni hal etish, kelgusidagi istiqbolli rejalarni belgilab olish zarurati xususida toʻxtaldi. 

«Yuqori malaka va texnologiyalar talab qiladigan tibbiy xizmatlar koʻlami ham kengaymoqda.

Avvalambor, hududlarda 23 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazlarining yuzdan ortiq filiallari oʻz faoliyatini boshladi. Natijada ilgari poytaxtda amalga oshirilgan 210 turdagi operatsiyalar va diagnostika jarayonlarini mahalliy shifoxonalarda oʻtkazish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, 130 turdagi jarrohlik amaliyotlari viloyat shifoxonalarida, 60 turi esa, tumanlarda birinchi marta yoʻlga qoʻyildi.

Soʻnggi besh yilda yangi 200 turdagi jarrohlik amaliyoti joriy etilgani, jumladan, buyrak va jigar transplantatsiyasi respublikamiz shifoxonalarida yoʻlga qoʻyilgani, ayniqsa, eʼtiborlidir.

Misol uchun, poytaxtimiz va hududlarda oʻtkazilgan buyrak transplantatsiyasi orqali, shu kungacha 700 ga yaqin fuqarolarimizning hayoti saqlab qolindi.

Hammangiz yaxshi bilasiz, avvallari har yili minglab yurtdoshlarimiz davo istab chet elga borishga majbur edi.

Tasavvur qiling, odam oʻzi ogʻir kasal boʻlsa, qancha vaqt, qancha mablagʻ sarflaganidan tashqari, jonini ham xatarga qoʻyib, begona yurtlarda sarson boʻlib yurardi.

Endilikda, yaratilgan yangi sharoit va imkoniyatlar hisobiga, ilgari xorijda bajarilgan qimmat operatsiyalar, oʻzimizning shifokorlar tomonidan amalga oshirilayotgani, albatta katta yutuqdir» dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер