Birlamchi boʻgʻindan boshlab, tibbiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish va IT infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Dastur qabul qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

12:04 18 Mart 2022 Siyosat
786 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari tibbiyot xodimlari bilan oʻtkazilayotgan ochiq muloqotda sohada amalga oshiriladigan koʻplab istiqbolli chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot bermoqda.

"Yana bir muhim masalaga eʼtiboringizni qaratmoqchiman. Zamonaviy tibbiyotda kasallikni aniqlash, diagnoz qoʻyish, davolash bilan bogʻliq barcha jarayonlarni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.

Shu bois birlamchi boʻgʻindan boshlab, tibbiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish va IT infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Dastur qabul qilinadi.

Misol uchun, hozirgi vaqtda shifokorlar ish kunining yarmini faqat qogʻoz hujjatlarni toʻldirish bilan oʻtkazadi.

Dastur doirasida joriy yilda 16 mingta va 2023-yilda yana 13 mingta kompyuter xarid qilinib, barcha tibbiyot muassasalari toʻliq jihozlanadi.

Sogʻliqni saqlash xodimlari IT texnologiyalari va zamonaviy tibbiyot uskunalarida ishlashga tizimli oʻrgatiladi.

Buning uchun 2022-yilda 20 ming nafar, kelgusi yillarda yana 100 ming nafar shifokor va hamshiralar IT park va markazlarda manzilli oʻqitiladi.

Shuningdek, respublikadagi mavjud 11 ta tibbiyot oliygohi, 27 ta kollej va 47 ta texnikumda “raqamli tibbiyot” boʻyicha mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi", dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер