Ekologiya sohasidagi huquq buzilishlari oqibatida, fuqarolar sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini, davlat oʻz zimmasiga olishi kerak — Prezident
Foto: president.uz
Prezident: «Shuning uchun Asosiy qonunimizda milliy sogʻliqni saqlash tizimini aholi salomatligini sifat jihatidan yaxshilashga xizmat qiladigan yuksak malakali zamonaviy sohaga aylantirish masalasi ham, hech shubhasiz, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan konstitutsiyaviy qoida sifatida oʻz ifodasini topishi zarur.
Aminmanki, Oʻzbekiston fuqarolari qonunda, eng avvalo, Konstitutsiyamizda belgilab qoʻyilgan kafolatli tibbiy yordam turlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.
Shu maqsadda, biz turli tibbiy sugʻurta shakllarini rivojlantirish uchun konstitutsiyaviy asos yaratishimiz kerak.
Davlat atrof-muhitni asrashga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Chunki sof va toza ekologiyasiz aholi sogʻligʻi va millat genofondini saqlash haqida soʻz yuritishdan maʼno yoʻq.
Ayni vaqtda ekologiya sohasidagi huquq buzilishlari oqibatida, fuqarolar sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplab berish majburiyatini, davlat oʻz zimmasiga olishi kerak. Bu ham Bosh qomusimizda aniq-ravshan belgilanishi zarur».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring