All

«Yuventus» klubining 11 nafar sobiq rahbari diskvalifikatsiya qilindi

Federal apellyatsiya sudi prokurorning Italiya futbol federatsiyasining Turinning «Yuventus» klubiga qarshi moliyaviy firibgarlik boʻyicha ishni qayta ochish haqidagi iltimosini qanoatlantirdi.

03:00 21 Yanvar 2023
Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi

Burkina-Fasoda bir hafta oldin jangarilar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan 60 nafar ayol va bolalarni ozod qilindi

02:49 21 Yanvar 2023
Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi.

02:37 21 Yanvar 2023
“Uzbekistan Airways” 12 ta “Airbus” sotib olish boʻyicha shartnoma imzoladi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Airbus” aviasozlik kompaniyasi bilan “A320neo” oilasiga mansub 12 ta samolyot (sakkizta A320neo va toʻrtta A321neo) xarid qilish boʻyicha shartnoma imzoladi. 

23:11 20 Yanvar 2023
Furqat Sidikov Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Enriko Pinali bilan uchrashdi

OTB Oʻzbekiston milliy taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tizimli islohotlarni amalga oshirishda konsultativ yordam koʻrsatishda davom etadi.

23:04 20 Yanvar 2023
Aholining isteʼmol talabi doirasida mavjud zaxiraga qoʻshimcha 26,5 ming tonna piyoz kerak

Hisob-kitoblarga koʻra, 2023-yilning 20-yanvardan 30-apreliga qadar tibbiy meʼyorlar boʻyicha aholining piyozga boʻlgan isteʼmol talabi oʻrtacha 346 ming tonnani tashkil etadi.

23:00 20 Yanvar 2023
“Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olish uchun Oʻzbekistondan 400 nafardan ortiq sportchi hozirlik koʻrmoqda

“Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalarni olish uchun 400 nafardan ortiq sportchilarimiz hozirlik koʻrmoqda.

22:57 20 Yanvar 2023
Baxtiyor Saidov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Helga Shmid bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbat avvalida YEXHT Bosh kotibi B.Saidovni Oʻzbekiston TIV rahbari lavozimiga tayinlangani bilan samimiy tabriklab, masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

22:53 20 Yanvar 2023
Oʻzbekiston Notarial palatasi: uch yillik faoliyat sarhisobi

Joriy yilning 20-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi tashabbusi bilan Toshkentda notariat sohasini takomillashtirishga bagʻishlangan “Kasbim — faxrim mening” mavzusida seminar tashkil etildi.

21:41 20 Yanvar 2023
Oʻzbekistonda piyoz eksporti vaqtincha cheklandi

2023-yil 1-yanvardan boshlab, Oʻzbekistonda 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etildi.

21:00 20 Yanvar 2023
Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi

20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb oʻrgatish tizimini rivojlantirish masalalari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

20:40 20 Yanvar 2023
“Uzbekistan Airways” Xitoyga boruvchi yoʻlovchilarga murojaat bilan chiqdi

2023-yilning 21-yanvar kuni “Uzbekistan Airways” HY-9505/9506 Toshkent – Pekin – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha reysni amalga oshiradi.

20:00 20 Yanvar 2023
Anomal sovuq kunlarda yopiq muassasalardagi sharoitlar qanday?

Mamlakatimizda ob-havoning keskin pasayib ketishi jamiyat hayotida qator qiyinchiliklarni keltirib chiqargani hech kimga sir emas. Ushbu jarayonda harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlarini oʻrganish maqsadida Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan monitoring tashriflari amalga oshirildi.

19:54 20 Yanvar 2023
Bir necha tibbiyot muassasasida yapon menejmenti joriy etilishi mumkin

Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Yaponiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Takashi Xatori bilan muloqot oʻtkazdi.

19:32 20 Yanvar 2023
Oʻtgan yili notariuslar tomonidan 5 393 775 ta notarial harakat amalga oshirildi

Joriy yilning 20-yanvarida Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida “Kasbim – faxrim mening” mavzuida seminar tashkil etildi.

18:40 20 Yanvar 2023
Kasb kasalligiga chalingan fuqaroga beriladigan tovon pullari tashkilot tugatilgan taqdirda toʻlab berilmaydimi?

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakiliga Viloyatning Buvayda tumanida yashovchi 2-guruh nogironi M.I. unga kasb kasalligiga chalingani tufayli toʻlab borilishi kerak boʻlgan pullarni ololmayotgani boʻyicha murojaat qildi.

18:14 20 Yanvar 2023
Oʻzbekistonda 21-yanvar kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati 2 darajagacha iliq boʻladi

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 21-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

18:03 20 Yanvar 2023
Ispaniyadagi xalqaro koʻrgazmada Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda

18-yanvar kuni Madriddagi Ifema savdo va koʻrgazma markazida “FITUR 2023” 43-xalqaro turizm koʻrgazmasi ochildi.

17:38 20 Yanvar 2023
Oʻqituvchilarni maktab hududidagi qorni tozalamaganlikda ayblagan Angren shahar prokuroriga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanildi

Angren shahar prokurori oʻqituvchilarni maktab hududidagi qorni tozalamaganlikda aybladi.

17:16 20 Yanvar 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер