Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
Фото: Reuters
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “CNN” xabar bermoqda.
Lankashir okrugi politsiyasining maʼlum qilishicha, Rishi Sunak xavfsizlik kamarini taqmagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan. Shundan soʻng siyosatchiga Londondan jarima toʻlashga chaqirilgan.
Shu yilning 19-yanvar, payshanba kuni Lankashirga tashrif buyurgan va ushbu hudud iqtisodiyotiga sarmoya kiritilishini eʼlon qildi. Bu jarayonlarni video yozib olgan. Lavhada u harakatlanayotgan mashinaning orqa oʻrindigʻida xavfsizlik kamarini taqmagan holda oʻtirgan.
Keyinroq hukumat rahbarining vakili uning nomidan kechirim soʻradi va bu notoʻgʻri qaror ekanini aytdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring