Oʻzbekistonda piyoz eksporti vaqtincha cheklandi
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Oʻzbekistonda 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov joriy etildi.
Ushbu qaror ichki isteʼmol bozor narxini arzonlashtirish, aholining isteʼmol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
Bugungi kunda hududlarda jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi tasdiqlanmoqda. Bu esa joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini koʻrsatmoqda.
Mutaxassislarning tahlillariga koʻra, aholi isteʼmol talabi doirasida mavjud zaxiraga qoʻshimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini koʻrsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish boʻyicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring